Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son
289
desak,
to‘g‘ri bo‘ladi,
chunki uzoq yillar davomida
dotatsiya qarzdan kechish amaliyoti,
aksincha, ho-
sildorlikni oshirishga, rentabellikn
i ta’minlashga
xizmat qilmadi, boqimandalik
kayfiyatini keltirib
chi
qardi, strategiyani to‘g‘ri tanlash imkonini ber
-
madi.
Qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lgan
paxtachilikda resurs tejovchi
innovatsion texnolo-
giyalarni joriy etish kechiktirib
bo‘lmaydigan vazifa
-
lardan biridir.
Jumladan, birinchisi
–
paxtachilikda resurslar
sarfi miqdorini mutlaq tejash yo‘nalishi sifatida qa
-
bul qilinishi maqsadga muvofiq. Bunda paxta xom-
ashyosi ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinadigan
moddiy-texnik va mehnat resurslari miqdorini pax-
ta ekin maydoni hisobiga mutlaq kamaytirib borish
masalasi nazarda tutiladi. Masalan, bir gektar ekin
maydoni hisobiga suv
sarfi miqdorini kamaytirish,
bir gektar maydon hisobiga mehnat resurslari sarfi
miqdorini yoki ekin ma
ydoni hisobiga yoqilg‘i moy
-
lash materiallari miqdorini kamaytirish ko‘rinishi
-
dagi resurslar sarfini nazarda tutish mumkin;
ikkinchisi
–
paxtachilikda resurslar sarfi miq-
dorining
nisbiy tejash yo‘nalishi sifatida qabul qili
-
nishi maqsadga muvofiq. Bunda paxta ekin maydo-
ni hisobiga resurslar sarfi miqdori o‘zgarishsiz qol
-
gani holda paxta hosildorligini
oshirish natijasida
mahsulot birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan sarf
-xara-
jatlar miqdorini kamaytirish masalasi nazarda tuti-
ladi;
uchinchisi
–
paxtachilikda resurslar sarfi
miq
dorini tejashdagi majmuali yo‘nalish
sifatida
yondashish qabul qilinishi maqsadga muvofiq. Bun-
da paxtachilikda xarajatlarni kamaytirishda “Re
-
surs
lar sarfi miqdorini mutlaq tejash yo‘nalishi” va
“Resurslar sarfi miqdorini nisbiy tejash yo‘nali
-
shi”dan birgalikda foydalanish nazarda tutiladi.