Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son
287
Agrobiznes va
qiymat zanjiri uchun qulay
muhit yaratishda klasterlash va kooperatsiyani
yagona hamkorlik tizimiga kiritish muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Ilm-
fan, innovatsiya va ilg‘or texno
-
logiyalarni joriy etish natijasida klasterlarda 3,4
mil
lion tonna paxta, 7,8 million tonna g‘alla yetish
ti-
rildi. Paxtaning oʻrtacha hosildorligi 29,8 s. dan 32,7
s. ga (110
%), gʻalla hosildorligi 57,6 s. dan 64,1 s. ga
(111 %) oshdi [15].
Amalda seleksiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli urug‘lik
va ko‘chatlarning salmo
qli qismi xorijdan olib kelin-
moqda. Eskirgan tizimdan voz kechish orqali qish-
loq xo‘jaligida butunlay yangi uzluksiz zanjir, klas
-
ter
lar va kooperatsiya tizimini yaratishga e’tibor qa
-
ratildi. Shu bois klaster va kooperativlar rahbarlari
va mutaxassisl
ari asosiy e’tiborni xorijlik hamkasb
-
lar bilan tajriba almashish, xalqaro bozorni o‘rga
-
nish, talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsu
lot-
larini yetishtirishga qaratishi zarur.
Bir so‘z
bilan aytganda, klasterlar tadbirkor
-
lar, fermer va dehqonlar, t
omorqa yer egalari ko‘
-
magi
da qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlanti
-
rish va diversifikatsiya qilish, eksportbop
mahsulot-
lar yetishtirish, hosildorlikni oshirishda mulkdor-
larning eng yaqin yordamchisiga aylanadi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jalig
ini
moderni-
zatsiya qilish, ayniqsa, eksportbop ishlab chiqarish-
ni tashkil etish bo‘yicha muhim tarmoq chora
-tad-
bir
lari amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish hajmi
sezilarli darajada oshdi. Biroq jahon bozorida meva-
sabzavot mahsulotlari savdosidagi respublika ulu-
shi bir foizga ham yetmayotgani bu soha uzoq yillar-
dan beri e’tibordan chetda qolganidan dalolat
beradi.
Bizningcha, birinchi navbatda, mamlakatimiz-
da mavjud har bir gektar
yerdan samarali foydala-
nish uchun yangi iqtisodiy munosabatlarni takomil-
lashtirish va undan olinadigan daromadni oshirish
choralarini ko‘rish zarur. Ikkinchidan, iqtisodiy islo
-
hotlar va hukumat tomonidan Jahon savdo tashkilo-
ti
ga a’zo bo‘lish bo‘yicha ko‘rilayotga
n chora-tadbir-
lar
ni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish muhim
omil bo‘lib, bu O‘zbekistondan dunyoning aksariyat
mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini,
ayniqsa, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qi-
lish imkonini beradi. Uchinchidan, eksport salohiya-
tini oshirish maqsadida agrologistika tizimini shakl-
lantirish va undan samarali foydalanish, mahsulot-
larni saqlash va tayyor mahsulotga aylantirish infra-
tuzilmasini yaratish kun tartibidagi dolzarb masala.
Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsu
lotlarini yi-
g‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va
eksport qilish jarayonlarini qamrab oluvchi zamo-
na
viy agrologistika markazlarining o‘rni katta.
Bugungi kunda mamlakatimizda 31 ta agrologistika
markazi, 1500 ta sovutgichli ombor mavjud. Ular
meva va sabzavotlarning umumiy miqdorining atigi
4,5 foizini saqlashi mumkin. Bu ko‘rsatkich haqi
qa-
tan ham ishlab chiqarishning barcha kerakli hajmini
qoplamaydi, bu esa ushbu sohada sezilarli yo‘qo
-
tishlarga olib keladi.
O‘zbekiston
da yanada riv
ojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasiga muvofiq pul-kredit siyo-
sati liberallashtirildi, eksport monopoliyasi cheklan-
di, eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
uchun fermer va dehqonlarga 100 foiz oldindan to‘
-
lov joriy etildi, meva-sabzavot mahsulotlari narxla-
ri, davlat savdo kompaniyalari orqali majburiy eks-
port qilish, eng kam eksport narxlarini belgilash be-
kor qilindi. Ammo qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
eksport qilishda salmoqli natijalarga erishdik, deb
bo‘lmaydi. Ko‘p turdag
i mahsulotlarni tashqi bozor-
ga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lganimiz sababli
talab darajasiga mos keladigan katta hajmdagi qish-
loq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun
mav
jud imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayap
-
miz.
Ma’lumki, O‘zbekiston
da yetishtirilayotgan
qish
loq xo‘jaligi
mahsulotlari
ga xorijda ham talab
katta. Agrologlar xizmati, sabzavot va mevalarni xal-
qaro standartlar asosida qadoqlash, xorijlik xaridor-
larga jo‘natish talab darajasida emas. Shu sababli
ushbu sanoat mahsulotlari standartlarga muvofiqli-
gi ustuvor bo‘lmagan mamlakatlarga arzon narxlar
-
da sotiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati
xo
rijga tashish bilan bog‘liq muammolar tufayli
yomonlashadi va yaroqsiz holga keladi. Yuqori sifat
va xavfsizlik talablariga
javob beradigan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, yetkazib bera
olsak, dunyoning istalgan davlatiga eksport qilish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Shuningdek, yong‘oq,
muzlatilgan va quritilgan meva-sabzavot mahsulot-
larini eksport qilishning geo
grafik ko‘lamini ken
-
gaytirish imkoniyatlari cheksiz, deb hisoblaymiz.
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda qishloq xo‘
-
jaligi mahsulotlari eksportining
geografik qamrovi
ham sezilarli darajada kengaydi. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining jo‘g‘rofiyasi v
a hajmi oshib, 92 ta
davlatga 5,5 million 119 xil turdagi 2,4 milliard dol-
larlik mahsulot eksport qilindi. Norvegiya, Shvet-
siya, Shveysariya, Kipr, Buyuk Britaniya, Lyuksem-
burg, Avstraliya, Quvayt, Ummon kabi yuqori to‘lov
qobiliyatiga ega mamlakatlarga meva-sabzavot eks-
porti boshlandi.
Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eks
-
port qilishda Qozog‘iston 46 foiz, Rossiya 27 foiz va
Qirg‘iziston 10 foiz va
hokazo strategik hamkorlar
hisoblanadi.
Dunyo mamlakatlarida paxta yetishtirish ren-
tabelligi s
o‘nggi bir necha yil mobaynida o‘zgarish
-
siz qolmoqda. Bunga sayyoramizda yuz berayotgan
global iqlim o‘zgarishi, paxtachilik uchun muhitning
stress omillari
–
ekish davrida haddan ziyod yom-
g‘ir yog‘ishi, gullash bosqichida haroratning oshishi,
tuproq unumdorligining pasayishi, zararkunanda
va kasalliklar guruhi ko‘payishi, resurslar taqchilli
-