|
Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 284 “qishloq xo‘jaligi ishlaAdabiyotlar tahlili.
Qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarish iqtisodiy munosabatlarini samarali yuri-
tish va shuningdek, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqa
-
rish samaradorligini oshirish muammolari Y.S.Ba-
landin, V.F.Bashmachnikov, Z.Kayyali, A.A.Konigin,
Y.D.Kornilov, V.A.Martinov, V.Pchelinsev, A.A.Chaya-
nov, N.Ya.Kovalenko, V.V. Miloserdov kabi xorij
iqtisodchilari tomonidan keng tadqiq etilgan.
Shuningde
k, mamlakatimizda agrar xoʻjalikning
yangi tipi sifatidagi fermer xoʻjaliklarining tarkib
topish va amal qilish xususiyatlari A.A.Abdugʻani
-
yev, R.A.Xusanov, H.P.Abulqosimov, A.A.Radjapov,
R.F.Sultonov, T.X.Farmanov, A.Xurramov, N.S.Xush-
matov, Sh.Sh.Shodm
onov, Sh.E.Qarshiyev, U.V.Gʻafu
-
rov, R.X.Ergashev va boshqalar tomonidan oʻrganil
-
gan. Biroq yuqorida sanab oʻtilgan iqtisodchi
-olim-
lar ilmiy tadqiqotlarining aksariyati aniq qishloq
xoʻjaligi iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan amalga oshi
-
rilgan boʻlib, ular
da hozirgi iqtisodiyotning tarkibiy
oʻzgarishlari asosida nazariy tavsifdagi qoidalarga
yetarlicha eʼtibor berilmagan hamda o‘z
-
o‘zidan
iqtisodiyotga kiritilayotgan yangi iqtisodiy munosa-
batlar ilmiy tadqiqotlarni davom ettirishni taqozo
etadi.
Rossiyalik iqtsodchi-olim N.Ya.Kovalenkoning
fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sama
-
radorligi murakkab iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u
ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim jihatlari-
dan biri
–
natijadorlikni aks ettiradi [5].
A.A.Chayanovning tashkiliy-ishlab chiqarish
maktabi tomonidan taklif etilgan iqtisodiyotni tash-
kil etish, kooperatsiya, mintaqaviy va iqtisodiy siyo-
satga tizimli yondashuv[6] hozirgi kun iqtisodiy
munosabatlarida ham dolzarb va foydalanish im-
koniyatlariga ega.
|
| |