Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son
286
V.V.Milo
serdovning ta’kidlashicha,
iqtisodiy
munosabatlarni tashkiliy va iqtisodiy munosabat-
lardagi siljishlarni hisobga olmasdan turib,
qisqa
vaqt ichida o‘z
-
o‘zidan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Jami
-
yat bilan bir vaqtda muloqot olib borish bilan birga
davlatning vektor va uzoq muddatli ishi bilan yangi
iqtisodiy munosabatlarni qurish mumkin [7].
Barcha davrlarda ishlab chiqarish iqtisodiy
samaradorligini oshirish asosiy mezon sifatida qa-
ralgan va bu boradagi
tadqiqotlar umumiqtisodiy
muammo sifatida mamlakatimizning qator iqtisod-
chi olimlari tomonidan tadqiq etilib kelingan. Xu-
susan, A.Abdug‘ani
yevning
fikricha, «Iqtisod fan
-
larida
“
samaradorlik
”
va
“
iqtisodiy samaradorlik
”
tushunchalari mavjud.
Ular mamlakat, tarmoq,
korxona, yo‘nalishlar hamda ayrim mahsulotla
r
bo‘yicha aniqlanishi mumkin
[8].
R.X.Ergashev qishloq xo‘jaligining iqtisodiy
samardorligi sezilarli darajada
intensiv ishlab chi-
qa
rish darajasiga bog‘liq, ishlab chiqarishni jadal
-
lashtirishning muhim yo‘nalishi –
resurslarni tejov-
chi texnologiyasini
qo‘llash zarurligini izoh
laydi [9].
R.Husanov, Yu.Dadaboy
ev esa “Samara
qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan u yoki bu tadbirlar
-
ning oqibati, natijasidir. Iqtisodiy samaradorlik ish-
lab chiqarish vositalarining
va jonli mehnatning
qo‘llanilishidan olingan ya
kuniy foydali samarani,
jami sarmoyalardan erishilgan natijani ko‘rsatadi”
deb ta’kidlashadi [10].
Jahon bankining Jahon taraqqiyoti hisobotida
o‘sib
borayotgan aholining oziq
-ovqat, energiya va
suvga global talabi 2012 yilga nisbatan 2030-yilda
mos ravishda 50 %, 50 % va 30
%ga o‘ishi prognoz
qilinmoqda [11]. Xuddi shu bazaviy davrda oziq-
ovqatga bo‘lgan talab 2050
-yilga kelib 70 %dan 100
%gacha oshishi prognoz qilinadi [12]. Bunday holat
qishloq xo‘jaligida intensiv rivojlanishga o‘tish va
ishlab
chiqarish
samaradorligini
oshirishda
innovatsion tejamkor
texnologiylarni amaliyotga
keng joriy etishni shart qilib qo‘yadi.