Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish. Iqtisodiyot sohasiga raqamli texnalogiyalarni olib




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana10.02.2024
Hajmi0,52 Mb.
#153991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyot-va-uning-tarmoqlarini-raqamlashtirish-iqtisodiyot-sohasiga-raqa

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 829
taʼminlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni raqamli 
texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, 
intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “axborotlashgan 
jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi. 
Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn toʻlovlarga imkon beruvchi 
toʻlov tizimlari mavjud boʻlishiga qaramay mobil toʻlovlar, internet, kommunal 
toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 
34 foiz hisob egalari raqamli toʻlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu 
koʻrsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. Eʼtiborlisi, terminal orqali toʻlovlar son 
oshib bormoqda. Masalan, 2018-yilda terminal orqali toʻlovlar 53 trillion soʻmni tashkil 
etgan. 
Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki 
barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan 
mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini taʼminlash muhim hisoblanadi. 
Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan 
boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. Oʻzbekiston 
kiberxavfsizlik global indeksida oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda 
mamlakatimiz bu reytingda 93-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018-yilda 52-oʻringa 
koʻtarildi. 
Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni 
saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq tushuncha. U 
koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy 
tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy 
kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa 
kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan 
chora-tadbirlar majmuidir. Bu maʼlumotlar konfidensialligini saqlash, ularning 
butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli ishlashini anglatadi. 
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda internetning milliy 
segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli 
olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. 
Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, 
masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) 
va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga 
toʻgʻri keladi. 
Internetning milliy segmentini monitoring qilish natijasida 130 mingdan ziyod 
kiberxavfsizlikka tahdidlar aniqlangan. Shundan 106 508 ta holat botnet tarmoqlari 
ishtirokchilariga aylangan xostlarga tegishli. 13 882 ta holat spam-elektron pochta yoki 
parolni buzishi sababli turli xizmatlar tomonidan qora roʻyxatga olingan IP-manzillarni 
blokirovka qilish bilan bogʻliq. 8 457 ta holat TFTP (Trivial File Transfer Protocol – 



Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish. Iqtisodiyot sohasiga raqamli texnalogiyalarni olib

Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish