|
Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish. Iqtisodiyot sohasiga raqamli texnalogiyalarni olibBog'liq iqtisodiyot-va-uning-tarmoqlarini-raqamlashtirish-iqtisodiyot-sohasiga-raqaSCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 826
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets
universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski
iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi
mumkinligini aytib o'tgan.
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda.
Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish
omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot
muhim rol o'ynaydi.
Demak, ushbu maqola raqamli iqtisodiyot haqida bo'ladi. Una "Raqamli iqtisodiyot
nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni
O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat
qilamiz.
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin bo'lgan
bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga keldingiz, oila
a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish kunlari mashinada
Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin
Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz kompyuter yoki smartfoningiz orqali
mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib,
ism-sharifingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik
oilaviy mashina buyurtma berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga
boriladi, qaysi muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik
xizmatini ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz
sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik yo'nalishini
tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik mashina,
smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va mehmonxonada tunab
qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz hech qayerga bormasdan, hech
kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy, mashinada, sayohatni tashkil qildingiz.
So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni
uyga qaytishda ozgina charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni
ishga borish kerak. Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila
a'zolaringizga Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga
yo'l olasiz, mashina vokzalda qoldiriladi. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining
asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet
reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik
hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz,
lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib
berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki
|
| |