|
Isft-2024 Qabul qildi: A. Karimov Mavzu: Raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalari Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #252034 |
Bog'liq Mustaqil ish namuna (3)
Sirtqi taʼlim ______________________ yoʻnalishi
1- bosqich 23-PPD-02 guruh talabasi
___________________________ning
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
fanidan tayyorlagan
Tayyorladi: ___________
ISFT-2024
Qabul qildi: A.Karimov
Mavzu: Raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalari
Reja:
Raqamli iqtisodiyot nima va uning afzalliklari
Raqamli iqtisodiyot Oʻzbekistonda
Raqamli iqtisodiyot bosqich va tamoyillari
Raqamli iqtisodiyotning texnologiyalari
Raqamli iqtisodiyot nima?
Soʻnggi vaqtlarda "Raqamli Iqtisodiyot" tushunchasi juda koʻp marta qoʻllanilmoqda. Darhaqiqat, koʻplab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada taʼsir oʻtkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol oʻynaydi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq boʻlmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga oʻtishda qanday oʻzgarishlar roʻy berishi mumkinligini aytib oʻtgan.
Raqamli iqtisodiyot — bu xoʻjalik faoliyatini yuritish boʻlib, bunda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishdagi asosiy omil raqamlar koʻrinishidagi maʼlumotlar boʻlib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar koʻrsatish, elektron toʻlovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan faoliyatdir. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron toʻlovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet oʻyinlari koʻriladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tatbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda koʻplab qulayliklar paydo boʻlmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muammo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki doʻstimizga pul oʻtkazishimiz kerak, bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yoʻq, biz pulni mobil bank orqali oʻtkazishimiz mumkin. Shu kabi koʻplab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin.
|
| |