• Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavflar
  • Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari




    Download 0,6 Mb.
    bet2/6
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #252034
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish namuna (3)

    Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
    Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tatbiq etilishi har bir inson hayotida koʻplab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali oʻziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan koʻplab pul mablagʻlarini tejashi mumkin. Masalan, biron bir kitobning elektron koʻrinishda sotib olish. Sizga shu kitobni chop etilgan koʻrinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki boʻlmasa oddiy isteʼmolchi oʻzi ham tadbirkor boʻlishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shugʻullanishi mumkin.
    Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha boʻlishi mumkin:

    • ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshishi;

    • kompaniyalarning raqobatbardoshligini oʻsishi;

    • ishlab chiqarishdagi xarajatlarning kamayishi;

    • yangi ish oʻrinlari yaratilishi;

    • yangi zamonaviy kasblar paydo boʻlishi;

    • kambagʻallikni yengish va ijtimoiy tengsizlikni yoʻqolishi;

    • mehnat unumdorligini 40 %gacha oshirishi taxmin qilinadi;

    • raqamli iqtisodiyot juda katta miqdordagi mashina oʻqishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni (raqamli maʼlumotlar) toʻplash, foydalanish va tahlil qilish qobiliyatiga ega;

    • onlayn platformalar orqali sotiladigan yangi ish shakllarining yuzaga kelishi;

    Bular raqamli iqtisodiyotning bor yoʻg‘i bir nechta afzalliklari xolos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy taʼsir qiladi, oddiy foydalanuvchiga koʻplab qoʻshimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni oʻsishi va rivojlanishini taʼminlab berishi mumkin.

    Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavflar

    • Kiber hujum xavfi;

    • shaxsiy maʼlumotlar himoyasi bilan bogʻliq muammolar;

    • "raqamli qullik" (millionlab insonlar maʼlumotlaridan keyinchalik ularni oʻzlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish);

    • ishsizlikni oshishi;

    • axborot texnologiyalarini rivojlanishi va uni tatbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yoʻq boʻlib ketishi mumkin.




    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari

    Download 0,6 Mb.