|
RAQAMLI IQTISODIYOT, ELEKTRON BIZNES HAMDA ELEKTRON TIJORAT UCHUN ZARURIY BOʻLGAN RESURSLAR
|
bet | 5/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #252034 |
Bog'liq Mustaqil ish namuna (3)RAQAMLI IQTISODIYOT, ELEKTRON BIZNES HAMDA ELEKTRON TIJORAT UCHUN ZARURIY BOʻLGAN RESURSLAR
Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar
Turli xildagi raqamli texnologiyalar
Tezkor Internet tizimi
IP bloklar
Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik koʻrgan inson resurslari
Biznes modellar
Intellektual online ishlab chiqarish
Moliyaviy taʼminot
Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari
Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari
Kelajakda koʻplab tovar va xizmatlar qiymatining sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar “aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlarning asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsizligi oshadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefonlar turib masofadan boshqarish kabilar) paydo boʻlishi lozim.
Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborot izlab topish mashinalari bir soʻrovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Bu maʼlumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va toʻliq boʻlishga musobaqalashib, toʻplangan maʼlumotlarni oʻzlari qayta ishlay boshlaydilar va natijada bu dunyoni biz uchun “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab boʻlmaydi, chunki yolgʻon darhol fosh boʻladi, obroʻ- eʼtibor esa eng muhim kapital hisoblanadi.
Isteʼmolchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi, avtomatik hujjat aylanmasi hisobga olgan holda esa u toʻgridan-toʻgʻri barcha kontragentlari bilan oʻzaro aloqa qilishi mumkin. Shu tariqa M2C (manufacturer to customer, ishlab chiqaruvchi – isteʼmolchiga) biznes modeli va bunda ushbu isteʼmolchi uchun zarur (yoki koʻngildagi) orginal xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish mumkin boʻlgan C2M (customer to manufacturer) modeli paydo boʻladi. Bulutli hisoblash platformalari (Cloud Computing) – yangi axborot texnologiya konsepsiyasi boʻlib, u eng kam espluatatsion xarajatlar talab qiladi yoki u orqali provayderga murojaatlar tezkor taqdim etiladi va kerak boʻlgan hisoblash resurslari talablarga binoan hamma joyda va qulay tarmoq ulanishi bilan taʼminlanishni koʻzda tutadi. Maʼlumot uzatish tarmoqlari, serverlar, maʼlumot saqlash qurilmalari, servis dasturlari – birgalikda ham, alohida ham bulutli texnologiyalarning tarmoq resurslariga misol boʻlishi mumkin.
Boshqacha aytganda, bulutli texnologiyalar (Cloud technologies)–kompyuter resurslarini Internetdan foydalanuvchiga soʻrov boʻyicha (on demand) onlayn-servis sifatida taqdim eta oladigan maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Shuni ham aytish zarurki, bulutli texnologiyalar vujudga kelayotgan raqamli iqtisodiyot poydevoriga ulkan hissa qoʻshgan. Bu hissa faqatgina texnologik tarkibiy qismlar bilan chegaralanmaydi, balki iqtisodiy va gʻoyaviy tarkibiy qismlarni ham oʻz ichiga qamrab oladi.
Koʻplab mamlakatlarda ishlab chiqarish resurslarini boshqarish texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va oʻzgartirish davlat dasturlariga binoan bajariladi: Germaniyada Industrie 4.0, AQShda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy eʼtibor ilgʻor texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, Avstraliyada National Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish boʻyicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalga oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamgʻarmasi internetni rivojlantirish yoʻl xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar interneti Assotsiatsiyasini taʼsis etdi. Katta maʼlumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) maʼlumotlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yigʻindisidir. Katta maʼlumotlar katta hajm bilan, xilma-xillik va yangilanish tezligi bilan ta’riflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qoʻyadi.
Shunday qilib, katta maʼlumotlar texnologiyasi katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir. Katta maʼlumotlar boshlangʻich maʼlumotlar katta tanlanmasi mavjud joylarda paydo boʻladi. Ular asosida makro darajadagi hodisalarni tahlil va prognoz qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini oʻrganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika maʼlumotlari asosida trendlarni aniqlash mumkin. Tijorat loyihalari hamda davlat loyihalari uchun katta maʼlumotlar sohasidagi asosiy muammo – maʼlumotlarni yakuniy qoʻllash boʻyicha vazifalarni boshlangʻich maʼlumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, katta maʼlumotlarni qayta ishlashga imkon beruvchi koʻp sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan, IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP) va boshqalar.
Virtual (raqamli/elektron) valyuta moddiy timsolda mujassam boʻlmagan, ammo toʻlaqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin boʻlgan pul mablagʻlaridir.
Kriptovalyuta – kriptografik algoritmlarni maxsus koʻrinishlarda qoʻllashga asoslangan emission valyuta turi.
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) – taqsimlangan maʼlumotlar toʻplamlarini tuzish metodologiyasi boʻlib, bunda har bir maʼlumotni qayd etish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qatʼiy chegaralab qoʻyadi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qoʻllanadi.
Bitkoin – mavjud virtual valyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan kriptovalyuta hisoblanadi va u bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi. Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub boʻlmasligi va Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, WebMoney va Kivi-hamyonni (Qiwi) larni keltirish mumkin. Koʻpchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qoʻllaydi, lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun toʻgʻridir.
Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilgan va maʼlum vaqt davomida boshqa hech qayerda qoʻllanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai nazaridan emas, balki davlat reyestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo boʻylab tarqalib bormoqda.
|
| |