|
Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari
|
bet | 3/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #252034 |
Bog'liq Mustaqil ish namuna (3)Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari
"Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.
Raqamli iqtisodiyotda davlatning oʻrni
Dunyo tajribasini oʻrganish natijasida shu narsa aniq boʻldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat (hukumat) bozor "oʻyin" qoidalarini oʻyinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida oʻyin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Yaʼni, bozorda katta kompaniya boʻladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy isteʼmolchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi taʼminlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof boʻlishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (yaʼni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) oʻyin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Raqamli iqtisodiyot Oʻzbekistonda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida “2020 yil — Ilm- maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi. Shundan keyin fuqarolarda “raqamli iqtisodiyot” atamasi haqida koʻplab savollar tugʻila boshladi. Huquqiy axborot kanali “raqamli iqtisodiyot” atamasining mazmunini ochib beruvchi maqola eʼlon qildi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi”
Dunyo mamlakatlari kabi Oʻzbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tatbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan koʻplab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni taʼkidlash kerak-ki, Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot Oʻzbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoqda. Yaʼni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni Oʻzbekistonda rivojlanishini bir qancha toʻsiqlarini koʻrsatib oʻtish mumkin.
koʻplab sohalardagi monopoliya;
internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
axborot texnologiyalari sohasida qonunchilikning zamondan orqada qolganligi;
fuqarolarda kompyuter savodxonligining oʻta pastligi;
qonunchilikning shaffof emasligi;
axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki (baʼzilarida) ularning umuman yoʻqligi;
ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi (yoki rivojlanishdan toʻxtab qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muammolar bosqichma-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, Oʻzbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan biri boʻla oladi.
Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qoʻllamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta maʼruza eʼlon qildi.
|
| |