|
Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish. Iqtisodiyot sohasiga raqamli texnalogiyalarni olibBog'liq iqtisodiyot-va-uning-tarmoqlarini-raqamlashtirish-iqtisodiyot-sohasiga-raqaSCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 828
kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli
iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin:
1) ko'plab sohalardagi monopoliya;
2) internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
3) axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada
qolganligi;
4) fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
5) qonunchilikning shaffof emasligi;
6) axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni
boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
7) axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
8) axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
9) boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi
yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan
kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda biri bo'la oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov taʼkidlashicha, raqamli
iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari,
xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy
iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta
ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida,
xufyona iqtisodiyotga barham beradi, — deydi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi
direktori Eldor TULYAKOV. — Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻlsak, hozirgi
kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay,
balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim, qurilish,
energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-
banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida oʻzining
yuqori samaralarini bermoqda. Davlat oʻz fuqarolari uchun elektron xizmatlar
koʻrsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy
qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga
barham beradi.
Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga
tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni
shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy
etish boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini
|
| |