|
Internetga bog’lanish. Modem tushunchasi va uning vazifasi
|
bet | 39/99 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 345,85 Kb. | | #99940 |
Bog'liq Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org2. Internetga bog’lanish. Modem tushunchasi va uning vazifasi.
Internetga bog‘lanish uchun nima qilish kerak? Internetga bog‘lanish uchun avvalambor kompyuter, aloqa kanali, modem va programma ta’minotiga ega bo‘lish kerak. Provayder telefon raqamlarini olish, hamda mijozning qayd qilingan takrorlanmas nomi (Login) va narol (Rassword)ga ega bo‘lish zarur.
Internetga ulanish tartibini aniq bir misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Faraz qilaylik, O‘zbekistonda Internet xizmatini ko‘rsatuvchi provayderlardan biri bo‘lgan "Simus" orqali siz Internetga ulanmoqchisiz. Buning uchun siz avvalo kompyuteringizdagi Сетевое окружениеtizim tarikibiga kiruvchi Сетевые подключения (tarmoqqa ulanish) standart programmasi yordamida kompyuteringizni provayder serveriga avtomatik tarzda ulanish uchun sharoit yaratib olishingiz kerak.
3.Internet provayderlari va ularning vazifalari.
Provayder (ing . provider) — kompyuterlarni internet tarmogʻiga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilanshugʻullanadigan vositachi tashkilot. Internet axborotlari isteʼmolchilari soni koʻpaygan sari P.lar xizmatiga ehtiyoj ham ortib bordi. Telefon aloqadan tashqari optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali internet bilan bogʻlanish mumkin boʻldi. Oʻzbekistonda internet bilan ulanishga doyr axborot xizmatlari (P.lar) 1997 yildan koʻrsa-tila boshladi. Dastlab, Naytov (http:// www.naytov.com), Istlink (http:// www.eastlink.uz) va boshqa koʻplab provayd-kompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekiston Respublikasining deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmogʻiga ulanish OʻzPAK Davlat kompa-niyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. OʻzbeFacebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.uz” guruhida O‘zbekistonning eng yaxshi Internet-provayderlari reytingi shakllantirildi.Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yil yanvar oyidan 2017 yilning fevraliga qadar guruhda a’zolar tomonidan 112 marotaba “Yaxshi provayderni tavsiya qiling” mazmunidagi so‘rov qoldirilgan.Mazkur postlardagi muhokamalar 4 toifaga bo‘lingan. Misol uchun, “unuting, bizda bunaqasi yo‘q”, “ularning barchasida ishlash sifati bir xil” mazmuniga ega munosabatlar. So‘nggi kategoriya bo‘yicha tanlangan tavsiyalarda esa muayyan internet provayderining nomi, xizmatlari ko‘rsatilib. ijobiy munosabat bildirilgan.Unga ko‘ra, Turon Telecom, Sarkor, Uzonline, TPS, Comnet kabi iste’molchilarga internet yetkazib beruvchilari “eng yaxshi” deb topilgan. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ko‘ra, 2017 yilning yanvar holatida mamlakatimizda 650 dan ziyod operator va provayderlar faoliyat ko‘rsatmoqda
|
| |