• Fayl atributlarini o’zgartirish. Faylni belgilab, sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va «Свойство»
  • Скрытый
  • Microsoft Word
  • – usul. Faylni joriy qilib, [F2] ni bosiladi, yangi ism kiritib, [Enter] bosiladi. Faylni qidirish




    Download 345,85 Kb.
    bet47/99
    Sana16.11.2023
    Hajmi345,85 Kb.
    #99940
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
    Bog'liq
    Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org

    2 – usul. Faylni joriy qilib, [F2] ni bosiladi, yangi ism kiritib, [Enter] bosiladi.

    Faylni qidirish.
    Asosiy menyuda Пуск / Поиск /файлы и папки tanlanadi. Bunda «Qidirish» oynasi chiqadi. «Имя» dan o’ngdagi kiritish maydoniga izlanayotgan fayl nomi kiritilib, qayerlarni izlash kerakligi «Papka» da beriladi.


    Fayl atributlarini o’zgartirish.
    Faylni belgilab, sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va «Свойство» qatorini tanlaymiz.




    1. Только чтение: Bu qator belgilanganda faylni o’qish mumkin, lekin uni o’zgartirib bo’lmaydi.



    2. Архивный: Faylni qanday saqlash kerakligi aytiladi.



    3. Скрытый: Belgilangan fayl oynadagi fayllar ro’yhatida ko’rinish – ko’rinmasligi beriladi.



    4. Системный: Faylning sistemaga aloqadorligi ko’rsatiladi. Bu atributlardan bir nechtasi baravar o’rnatilishi yoki barchasi olib tashlanishi mumkin.

    10.MS WORD matn muharriri haqida ma’lumotlar.



    Microsoft Word (qisqacha MS WordWinWord yoki Word) – matnli ma’lumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi. Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
    Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy ta’minotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
    MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, ba’zan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy ta’minotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan. Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda e’lon qilingan.
    Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy ta’minotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).
    2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi.
    Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo’limni tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki S: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri. Nom satrida aktiv bo’lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan bo’lsa u holda uning nomi DOKUMYeNT 1 ko’rinishida bo’ladi.
    Nom satri pastida menyu satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruklari bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruklar quyidagi guruhlarga ma‘nosi yoki ishlash holati bo’yicha saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ТАБЛИЦА, ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz.
    Menyu satri pastida yordamchi tugmalar satri joylashgan bo’lib, u yordamida biz menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan ko’rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari bo’yicha guruhlarga bulinadi: СТАНДАРТНАЯ, ФОРМАТИРОВАНИЕ, РИСОВАНИЕ, ТАБЛИЦИ И ЗАЛИВКА, WORDART, НАСТРОЙКА ИЗОБРАЖЕНИЯ, ФОРМЫ, ЭЛЕМЕНТЫ УПРАВЛЕНИЯ va boshqa.
    Yordamchi tugmalar satri tagida ish sohasi joylashgan. Shu sohada siz ok varakada yozuvlarni yozganday bulasiz. Matn bilan ishlashda bizgaqlaviatura va sichqoncha yordam beradi. Sichqonchaning suzga ko’rsatib bittali bosish - shu suzga kursorni utkazish, suzga ko’rsatib ikkitali bosish - shu suzni tanlash, suzga ko’rsatib uchtali bosish - shu suz joylashgan abzatsni tanlab olish. Klaviaturaning yo’nalishtugmalari yordamida bir satr yuqoriga, bir satr pastga, bitta belgi chapga, bitta belgi ungga o’tish. Shu tugmalar va SHIFT tugmasi birgalikda belgilar, suzlar yoki satrlarni tanlash mallni bajaradi. Matn yozilish vaqtida uzi satrda siz aytgan holatda yoziladi. Agar satr juda uzun bo’lsa kompyuter uni uzi boshqa satrga bo’lib davom etadi. Yangi abzatsni boshlab yangi satrga o’tish uchun esa ENTER tugmasidan foydalanamiz. Ish sohaning chap va yuqori qismlarida lineyka (chizgichlar), ung va pastki qismlarida esa ko’rib chiqish sohalari joylashgan.
    11.WORDda faylni o`cherish, yangi hujjat yaratish.



    Download 345,85 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




    Download 345,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – usul. Faylni joriy qilib, [F2] ni bosiladi, yangi ism kiritib, [Enter] bosiladi. Faylni qidirish

    Download 345,85 Kb.