Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari




Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana19.07.2024
Hajmi4,47 Mb.
#267978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
amaliy uz

Taqrizchilar:
M.M.Ikramov–
Toshkent Moliya instituti “Elektron tijorat va 
raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Sh.Xashimxodjayev –
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
 



KIRISH 
Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining joriy qilinishi yosh 
avlodning intellektual rivojlanishi hamda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy modernizasiya 
qilishning asosiy faktori va muhim sharti hisoblanadi. Respublikamizda mustaqillik 
yillarida ta’lim tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va 
rivojlantirishda ulkan natijalarga erishildi. Mamlakatimizni jahon axborot makoni 
bilan integrasiyasiga yo‘naltirilgan axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq 
belgilab qo‘yilgan. 2013-yil 13-martda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish Konsepsiyasi” 
qabul qilindi va unga ko‘ra ta’lim jarayonida AKTni qo‘llashning yangi kuch bilan
rivojlanishiga zamin bo‘ldi.
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat 
hayotining barcha sohalariga zamonaviy Iqtisodiyotda axborot komplekslari va 
texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini 
ommaviy ravishda joriy etishda, fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan 
talablarini to‘la qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda va axborot 
resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda «Informatsion-kommunikatsion 
texnologiyalari» fanini o‘qitish katta ahamiyatga molikdir. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarning asosini 
shakllantiruvchi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib 
kelinmoqda. Bular asosida “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi to‘g‘risida”gi qonunlar alohida o‘rin to‘tadi. Bu qonunlardan kelib chiqadigan 
vazifa, ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik 
texnologiyalarni joriy qilishdir. 
Ushbu 
uslubiy 
qo‘llanma 
“Iqtisodiyotda axborot komplekslari va 
texnologiyalari” fanining o‘quv dasturi va mavzular rejasiga asosan yozilib, oliy 
o‘quv yurtlarining barcha moliya-iqtisod mutaxasisliklari yo‘nalishlari bo‘yicha 
ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va 
texnologiyalari” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad 

talabalarni zamonaviy texnik 
vositalar, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur 
hamda har tomonlama tanishtirishda innovatsion texnoligiyalarini qo‘llagan holda
foydalanishdan iboratdir.
Uslubiy qo‘llanmada keltirilgan mustaqil ta’lim yuzasidan metodik ishlanmalar 
va masalalarning har biri o‘zida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti 
to‘g‘risida axborot materiallarini mujassamlashtirgan.
Uslubiy qo‘llanma tarkibi kirish, mavzu bo‘yicha nazariy qism, ish tartibi, 
topshiriq va variantlarlarni o‘z ichiga oladi. Mavzular yetarli darajada 
umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni 
kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.

Download 4,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari

Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish