9
4. Elektron hisoblash mashinasi va undan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ishlash-
ning tartibini tashkil qilish.
Axborot ta’minotini yaratishda turli masalalar hal qilinadi. Ulardan bir qismi
ma’lumotlarni kompyuter tizimi yordamida ishlashga tayyorlash bo‘lsa, ikkinchi
qismi ma’lumotlarni kompyuter tizimidan tashqarida saqlash, qidirish va qayta
ishlash bilan bogliqdir.
Shu sababli axborot bilan ta’minlashni ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Mashinadan tashqarisidagi axborot ta’minoti.
2. Mashina ichidagi axborot ta’minoti.
Mashina tashqarisidagi axborot ta’minoti quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi:
1. Hujjatlar tizimi.
2. Ma’lumotlarni ixchamlashtirish tizimi.
3. Ma’lumotlarni ifodalash tizimi.
Boshqarish funksiyalarini ifodalovchi birlamchi hujjatlarning turli – tumanligi
hisobot ishlarini amalga oshirishni murakkablashtiradi. Bir xil bolgan ma’lumotlar
birlamchi hujjatlarda turlicha aks ettiriladi. Bu esa, o‘z navbatida ma’lumotlarni qayta
ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hujjatlarning yagona
umumlashtirilgan tizimlarini xosil qilish zarurati tug‘iladi.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1.
Axborot komplekslari o‘zi nimani anglatadi?
2.
Kommunikatsiya so‘zining ma’nosi nima?
3.
Texnologiya so‘zi nima?
4.
Iqtisodiyotda axborot komplekslarining turlari.
5.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanining predmeti
nima?
6.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanining vazifasi nima?
7.
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari.
8.
Kompyuterning turlari va rivojlanish bosqichlari.
9.
Axborot nima?
10.
Axborotning turlari.
11.
Axborot ta’minoti nimalarni uz ichiga oladi?
12.
Iqtisodiy axborotning turkumlanishi va ta’snifi.
13.
Axborotning o‘lchov birliklari.
14.
IKT axborot jarayonlarini sanab bering.
15.
Qidirish jarayonini tushintirib bering.