430
to‘ldiruvchi komponentlardir. Xizmatlar iste’molchilar buyurtmasi bо‘yicha ishlab
chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan turli faoliyat natijalarini ifodalaydi va
odatda birliklar holatini о‘zgartirishga olib keladi.
Xizmat ko‘rsatishda iste’molchilar kutadigan о‘zgarishlar quyidagilarga
bog‘liq bо‘ladi:
- xizmatni ishlab chiqaruvchi iste’molchiga tegishli tovarlar bilan muayyan
operatsiyalarni, ya’ni
ularni tashish, tozalash, ta’mirlash kabi ishlarni amalga
oshirish;
- xizmatni amalga oshiruvchi insonlarga terapevtik yoki jarrohlik yordami
kо‘rsatadi, ularning tashqi kо‘rinishini о‘zgartiradi, ta’lim,
informatsion va maslahat
xizmatlarini kо‘rsatadi, kо‘ngilochar dasturlarni tashkil qiladi va h.k;
- ishlab chiqaruvchi sug‘urta, moliyaviy vositachilik bо‘yicha xizmatlar
kо‘rsatadi, himoyani ta’minlaydi, kafillik beradi va h.k.
Bu kabi о‘zgarishlar vaqtinchalik yoki doimiy xarakterga ega bо‘lishi mumkin.
Chunonchi, tibbiy xizmatlar yoki ta’lim sohasida xizmatlar kо‘rsatish natijasida
iste’molchilar holatida uzoq muddatli о‘zgarishlar rо‘y berishi va bu о‘zgarishlarning
afzalligidan uzoq yillar mobaynida foydalanish mumkin. Bir guruh tarmoqlar,
tovarlarning kо‘pgina xususiyatiga ega bо‘lgan mahsulot
ishlab chiqarish bilan
shug‘ullansa ham odatan xizmatlar sohasi kabi tasniflanadi. Bu guruhga informatsion
dasturlarni yaratish, yangiliklar va maslahat xususiyatiga ega bо‘lgan materiallarni
tayyorlash, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, kinofilmlar
va musiqa dasturlarini
yaratish va shu kabilar kiradi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda respublikamizda xizmatlar sohasini
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga quyidagi tashkiliy-iqtisodiy
muammolar tо‘siq bо‘lmoqda:
- xizmatlar sohasini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning talab
darajasida emasligi;
- xizmatlar sohasi va bozorini rivojlantirish hamda
samaradorligini oshirish
bо‘yicha aniq innovatsion yо‘nalishlarning belgilab olinmaganligi;
431
- xizmatlar sohasini rivojlantirishda turli tashqi omillar (tabiiy ofatlar, kasallik
va pandemiya oqibatlari) ta’sirlarining hududlarda yetarli darajada hisobga
olinmaganligi;
- xizmatlar sohasini rivojlantirish jarayonlari va chora-tadbirlarida raqamli
iqtisodiyot
talablariga
mos
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizm
tо‘liq
ishlab
chiqilmaganligi;
- xizmatlar sohasini rivojlantirishda jahon tajribasi, ayniqsa,
industrial
rivojlangan xorijiy davlatlarda erishilgan ilg‘or yutuqlardan respublika va uning
hududlarida yetarli darajada foydalanilmayotganligi;
-
xizmatlar
sohasini
rivojlantirishda
innovatsiyaning
past
darajada
qо‘llanilayotganligi, ayniqsa kelajak xizmatlari, yangilikka asoslangan xizmatlar
bо‘yicha tizimli ishlarning yо‘lga qо‘yilmaganligi va h.k.