419
bandida asosiy vositalar 16-son BHXS “Asosiy vositalar” standartiga muvofiq turlari
(klasslari) bo‘yicha detallashtirilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Bu xalqaro standartning
talabi. Bugun mamlakatimizda xalqaro standartlarga o‘tish
joriy qilinayotgan ekan,
demak biz barcha sohada, xususan, qishloq xo‘jaligida
ham buxgalteriya hisobi
tarkibini ham takomillashtirishimiz lozim.
Uchinchidan,
asosiy vositalarning 16-son BHXS “Asosiy vositalar” standartida
keltirilgan turlari (klasslari) bo‘yicha axborotlar albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy
holat to‘g‘risidagi hisobotda (buxgalteriya balansida) yoki
hisobotlarga beriladigan
ochiqlashlarda aks ettirilish shart ekanligi qayd qilingan.
To‘rtinchidan, amaldagi buxgalteriya balansida ayrim moddalar kiritilmagan.
Masalan, investisiyaviy mulklar, uzoq muddatli soliq aktivlari va boshqalar. Sotishga
mo‘ljallangan deb taniflangan uzoq muddatli aktivlar uzoq muddatli aktivlar tarkibida
aks ettirilmasligi lozim, deb o‘ylaymiz. Xususan sotish uchun mo‘ljallangan
katta
yoshdagi hayvonlar ham uzoq muddatli aktivlar tarkibida aks ettirilmasligi lozim.
Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda xalqaro standartlar talablariga javob
beradigan buxgalteriya balansida uzoq muddatli aktivlarni
aks ettirish tartibini
quyidagi jadvalda keltiramiz.
Amaldagi 21-son BHMSda bugungi kunda qishloq xo‘jalik sohasida tez
rivojlanayotgan intensiv bog‘lar, chunonchi, olmazorlar, yong‘oqzorlar, uzumzorlar va
bosh qa turdagi mevazorlar hamda ularga kiriti layotgan
investisiyalar hisobi uchun
maxsus schyotlar mavjud emas. Xalqaro miqyosda biologik aktivlarning bir turi
sifatida tan olingan ushbu ko‘p yillik o‘simliklarni respublikamizda ko‘paytirishning
davlat tomonidan ustuvor vazifa
sifatida belgilanganligi, dehqonchilikning ushbu
turlarini jadal rivojlantirishning
muhim ahamiyatga molikligi, tabiiy ravishda,
mazkur sohalarni modernizasiyalash jarayonlari
hamda ularga kiritilayotgan
investisiyalar hisobi uchun maxsus schyotlar ochish hamda yuritishni taqozo etadi.