416
aktivlar uzoq muddatli aktivlar deb tan olinadi. Sohaga doir manbalarda mol-mulk
tushunchasiga ham aniqlik kiritilgan. Moddiy ko‘rinishdagi mol-mulkiga quyidagi
aktivlar kirishi qayd qilingan
32
: asosiy vositalar; investisiyaviy mulk; sotish uchun
mo‘ljallangan deb tasniflangan oborotdan tashqari aktivlar; zaxiralar. B.Boronov
33
buxgalteriya balansida moliyaviy aktivlarni, jumladan investisiyalarni hissali
qatnashish metodi asosida baholab aks ettirish hamda debitorlik qarzlarini savdo va
nosavdo debitorlik qarzlariga ajratishni taklif etadi. Lekin, ushbu ishda investisiyalar
va
debitorlik
qarzlarining
tarkibi
xalqaro
standartlarga
muvofiq
to‘liq
shakllantirilmagan. I.K. Ochilov, SH.SH.Raxmatovalar
34
NNTlarda hisob siyosatida
keltiriladigan asosiy unsurlarda “aktivlar va majburiyatlarni baholash usullari”ga
ahamiyat qaratishgan. S.Robert va M.Riket
35
tomonidan xalqaro jurnalda chop
ettirilgan maqolasida GAAP va IFRS standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni
taqdim etish masalalari o‘rganilgan. S.N.Tashnazarov
36
tomonidan mulk, bino,
mashina va asbob- uskunalarni buxgalteriya balansida aks ettirishning tartib
qoidalarini tadqiq etgan. Ushbu mualliflarning ishlarida aktivlarni yangi tarkibida
buxgalteriya balansida aks ettirish tartiblari yetarli darajada tadqiq qilinmagan.