414
kо‘rinib turibdiki, hozirgi sharoit qishloq xо‘jaligida faoliyat yuritayotgan
korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularda hisob va hisobot ishlarini xalqaro
tajribalar asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Amalda bо‘lgan buxgalteriya
hisobiga oid milliy standartlarda qishloq xо‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalar
faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib hisobni yuritish tartiblari aniq
belgilanmagan.
Bugungi
kunda qishloq
xо‘jaligida
faoliyat
yuritayotgan
korxonalarlarda axborot foydalanuvchilarga tashkilotning mol-mulki, uning holati va
foydalanish darajalari tо‘g‘risidagi axborotlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash
о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu muhim vazifaning bajarilishi buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga
solib turuvchi dastaklar, chunonchi, schyotlar rejasi, korxonalarda amalga
oshirilayotgan islohotlar jarayonlari kо‘lami va yо‘nalishlari, ularga kiritilayotgan
investitsiyalar tо‘g‘risida atroflicha va tizimli axborotlarni shakllantirishga
mо‘ljallangan schyotlar mavjudligiga bevosita bog‘liq.
Bugungi kunda qishloq xо‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalarlarda
aktivlarni tasniflash, ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish masalalari dolzarb
ekanligidan dalolat beradi.