Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

Bizning fikrimizcha, 
uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmat ko‘rsatish 
sifatini oshirish uchun, asosiy e’tibor uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmat 
ko‘rsatish korxonalari boshqaruvining samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi 
kerak. Bu ham ilmiy, ham amaliy tomondan muhim tadqiqot hisoblanadi. Chunki 
mulkchilikning ko‘p turli shakllari sharoitda nafaqat ishlab chiqarish jarayonini 
zamonaviy boshqarishni, balki mahsulot va xizmatlarning sotilishini ham hisobga 
olish zarur. Shuning uchun zamonaviy boshqarishning samaradorligini baholashda 
tashqi muhitni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Chunki boshqaruv tizimining 
oxirgi natijalari ishlab chiqarishdan tashqaridagi jarayonda o‘z aksini topadi. Agar 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan kelib chiqilsa, unda zamonaviy boshqaruvning 
samaradorligi quyidagi yo‘nalishlarda baholanishi mumkin: 
baholashni iqtisodiy jihatdan asoslash va maqsadni belgilash; 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning baholarini tanlash mezonlarini belgilash; 
servis xizmat ko‘rsatishning maqsadini mahsulot turlari bo‘yicha ehtiyoj bilan 
solishtirma baholash ; 
oxirgi natijalar va servis xizmat ko‘rsatish vazifalarini solishtirma baholash; 
XULOSA. 
Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis sohasining holati va rivojlanish 
tendensiyalarini ifodalovchi eng muhim asosiy ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilar 
kiritilishi maqsadga muvofiq deb topildi: uy-joy kommunal sohasida band aholining 
iqtisodiyotda band aholi sonidagi ulushi; yalpi ichki mahsulot tarkibida uy-joy 
kommunal sohasining ulushi; aholi iste’mol xarajatlari tarkibida uy-joy kommunal 
sohasining ulushi; eksport tovarlari tarkibida xizmatlarning ulushi; uy-joy kommunal 
sohasiga sarflangan investitsiyalarning yalpi investitsiyalardagi ulushi; uy-joy 
kommunal sohasi yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati; uy-joy kommunal sohasida 
band bo‘lgan bir xodimga to‘g‘ri keladigan aholi soni; uy-joy kommunal 
korxonalarida kadrlar qo‘nimsizlik darajasi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis 
sohasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimi ishlab chiqildi va ularning ta’siri 


689 
aniqlandi. Jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis sohasining rivojlanishiga 
YaIM, aholining pul daromadlari, sohadagi band aholi, unga kiritilayotgan 
investitsiyalar, uning aylanma mablag‘lari va moddiy boylik zaxiralari kabi omillar 
ta’siri aniqlandi.
Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmat ko‘rsatish sifat va 
samaradorligini oshirish uchun, asosiy e’tibor uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis 
xizmat ko‘rsatish korxonalari zamonaviy boshqaruvining samaradorligini oshirishda
raqamlashtirish uslubidan foydalanish imkoniyatlari yuqori samara beradi.

Download 8,84 Mb.
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish