680
M.M.Muhammedov, B.A.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, I.S.Tuxliyev, J.R.Zaynalov,
N.To‘xliyev, I.Ivatov, K.B.Urazov, E.S.Fayziyev, R.X.Ergashev, B.Sh.Safarov,
S.B.Boboqulov, Sh.O.Quvondiqov, I.Ochilov, Sh.X.Muxitdinov, J.Qurbonov va
boshqalarning
ilmiy
tadqiqotlari
uy-joy
kommunal
xo‘jaliklarida
xizmat
ko‘rsatishning turli masalalariga bag‘ishlangan.
Iqtisodchi olim R.Nureyev fikriga ko‘ra, «Xizmat – qandaydir moddiy obyekt
sifatida mulkka egalik huquqini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lmagan naf
keltiruvchi tushuncha yoki munosabat (harakat) dir»
4
.
O‘zbekistonlik
iqtisodchi olim, professor M.Q.Pardayev va I.Ochilovlarning
fikricha, «Xizmatlar deganda, .... insonning, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning,
davlatning va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan,
kishilarning naf keltiradigan xizmat jarayoni bilan bog‘liq
ongli faoliyat
tushuniladi»
5
.
TAHLILLAR
Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmat ko‘rsatishning sifati va uni
raqamli iqtisodiyoti sharoitida oshirishning obyektiv zarurdir. Demak, uy-joy
kommunal xo‘jaliklarida servis xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish
uchun, eng avvalo shahar va boshqa joylarda ko‘rsatilayotgan
kommunal servis
xizmat darajasini baholash uslubini tahlil qilamiz. Yuqoridagilardan kelib chiqqan
holda, bizning fikrimizcha, tashqi va ichki rivojlanish omillarini hisobga olgan holda,
shahar va boshqa joylarda ham uy-joy kommunal xo‘jaliklarida
servis xizmat
ko‘rsatish sifati darajasini oshirish uchun eng avvalo uning hozirgi holatini baholash
va uning sifatini oshirish uslubini ishlab chiqishimiz zarur.
Buning uchun uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmat ko‘rsatish
korxonalarining rivojlanish ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Bu yerda davlat
mablag‘larini ajratish ham muhim manba hisoblanadi. Uy-joy kommunal
xo‘jaliklarida servis xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini
baholash nuqtai
nazaridan tahlil qilish eng dolzarb muammoli yo‘nalish yagona metodlarni
4
Р.Нуреев. Экономика развития:модели становления рыночной экономики.-М:2002..
5
M.Pardayev, I.Ochilov.Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida samaradorlikni oshirish yo‘llari.
Monografiya, T.:
«Iqtisod-moliya», 2011, 126-b.