679
Annotation.
This article presents opinions on the
role of service departments
in housing and communal services and the possibilities for improving their
efficiency. The data are analyzed on the example of the republic and Kashkadarya
region.
Keywords.
housing
and communal services, services, financial resources,
services, efficiency, population, households
KIRISH
Jahonda globallashuv va integratsiya
jarayonining rivojlanishi, raqobatning
keskinlashuvi, xizmatlar ko‘rsatish darajasining samaradorligini oshirish hamda sifat
ko‘rsatkichlarining ustuvorligini ta’minlash bugungi
kunda dolzarb vazifalardan
hisoblanmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi aholi turmush darajasi va
sifatini ta’minlashning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, xizmatlar samaradorligini
oshirish sohaning asosiy maqsadlaridan biridir. Mazkur sohalar rivojlanishiga bo‘lgan
ob’ektiv zarurat aholi turmush darajasi sifatini yuksaltirish barobarida ish bilan
bandlik darajasining ortishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. «Rivojlangan
mamlakatlarning xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 75 foiz
va ish bilan bandlar salmog‘i 70 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Iqtisodiyot
tarmoqlarining xizmat ko‘rsatish sohasida bandlik Yevropaning rivojlangan
mamlakatlarida 75, AQShda 80, Yaponiyada 82 foizdan ortadi»
3
. Aynan shu nuqtai
nazardan jahon miqyosida servis xizmatlari sohasini rivojlantirish, xizmatlar hajmi va
sifatini
oshirgan holda, servis xizmatlarining zamonaviy turlarini ishlab chiqishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.