ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
faoliyat 
koʼrsatayotgan qishloq 
xoʼjaligi 
kooperativlarini tashkil etish shakllari va tuzilmalari turlicha boʼlmoqda. Yevropa 
Ittifoqi, Markaziy va Shimoliy Аmerika mamlakatlarining tajribalariga koʼra, fermer 
xoʼjaliklarining kooperativ korxonalari qishloq xoʼjaligini rivojlantirishda ijobiy 
natija beradigan hudud sifatida shakllanmoqda.
АQShda kooperativlar faoliyati shtatlar qonunlari bilan tartibga solinadi. 1998 
yilda mamlakat parlamenti “Kooperativlar assotsiatsiyasi toʼgʼrisida”gi qonunni 
qabul qildi va bu qonun kooperativlarni aksiya chiqarish borasidagi huquqlari hamda 
vakolatlarini kengaytirdi. Bu qonunga muvofiq, har bir kooperativ oʼz ustavida turli 
ustunlikda, muddatli va muomala sohasidagi aktsiyalarni chiqarishini koʼrsatish 
huquqiga ega boʼldi.
Kanada davlatida 1979 yilda “Canada Cooperative Associations Act” [2] 
(“Kanada kooperativ assotsiatsiyalari toʼgʼrisida akt”) federal qonuniga muvofiq 
kooperativlar, ularning ittifoqi va assotsiatsiyalari tashkil qilindi. 
Yevropa Ittifoqi davlatlarida kooperatsiya sohasi boʼyicha qonun (Societas 
Cooperativa Europaea) (SCE) (“Evropaning kooperativ uyushmalari”) kuchga 
kirganidan soʼng Germaniyada ham 2006 yildan kooperatsiya boʼyicha 
(Genossenschaftsgesetz) (GenG) yangi qonuni4 kuchga kirdi. XIX asrning ikkinchi 
yarmida Italiyaning qishloq xoʼjaligi vaziri – dehqon kooperatorlar oilasidan chiqqan 
Sanardelli mayda fermerlarni birlashtiradigan kooperativlarni saqlab qolish 


761 
maqsadida bir qancha shartlarni koʼzda tutuvchi maxsus qonun ishlab chiqdi va bu 
qonun hukumat tomonidan maʼqullandi. 
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va taraqqiy ettirish uchun Oʼzbekiston 
Respublikasida qator huquqiy-meʼyoriy va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 
Mavjud huquqiy asoslarni 3 bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
1-bosqich (1991-2000-yillar). Bu bosqichda “Kooperatsiya toʼgʼrisida”gi qonuni 
(14.06.1991 yildagi 295-XII-son); “Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisida”gi qonuni 
(06.05.1993 yildagi 837-XII-son); Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
birinchi va ikkinchi qism (01.03.1997 y.); Oʼzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 
(01.07.1998 y.); “Qishloq xoʼjaligi kooperativi (shirkat xoʼjaligi) toʼgʼrisida”gi 
qonuni (30.04.1998 yildagi 600-I-son), “Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida”gi qonuni” 
(1998-yil 30-apreldagi 604-I-son), “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolati 
toʼgʼrisida”gi qonunlar” (2000 yil 25-maydagi 69-II-son) qabul qilindi. Bu davrda 
qishloq xo’jaligidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishi sifatida xususiy mulkchilik va 
mulk egasi munosabatlarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi. Qaror va farmonlar 
ijrosi qishloq xo‘jaligi korxonalarining huquqlari, hujaliklarning iqtisodiy 
mustaqilligi, dehqonlarda yer egaligi tuyg‘usi, ularning o‘z mehnati natijalaridan 
foydalanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi 
ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi muammosini hal etish, mahalliy tuproq-iqlim 
sharoitlariga mos navlarni to‘g‘ri tanlash va hosildorlik ko‘payishini ta’minlaydigan 
agrotexnika qoidalarga amal qilishlarini taqazo etdi. 
2-bosqich (2001-2016-yillar). Bu bosqichda “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini 
fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”( 2002 yil 5 yanvardagi 
8-son), “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim 
yo‘nalishlari to‘g‘risida” (2003 yil 24 martdagi PF-3226-son), “Fermer xoʼjaligi 
toʼgʼrisida”gi qonuni (2004 y, yangi tahrirda) va “Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy 
islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (25.12.2009 
yildagi 240-son), Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (25.12.2007 y.), 


762 
“2012-2016 yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”(21.05.2012 
yildagi PQ-1758-son), “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori 
malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 
(03.11.2015 
yildagi 
311-son), 
“Yer 
uchastkasidan 
oqilona 
foydalanilmaganda, bu qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun hosildorlik 
darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida 
ifodalanganda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinadi” (01.07.2015 
yildagi 19-1404/20377-son), “Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini 
boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” (15.05.2014 yildagi PQ-2176-son) qabul qilindi. Qaror va farmonlarda 
qishloq xo‘jaligida shlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, ishlab 
chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini 
tadbiq etish, ularning mustaqilligini kengaytirish hamda ularning ishonchli huquqiy 
muhofazasini ta’minlashni, tarmoqda talab yuqori bo‘lgan kadrlarni tayyorlash 
ko’zda tutilgan. Bundan tashqari jahon talablari va standartlariga javob beradigan 
zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash, qishloq 
xo‘jaligi 
mashinasozligi 
korxonalarini 
modernizatsiya 
qilish, 
texnika 
va 
texnologiyasini yangilash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish 
chora-tadbirlari ko’rildi.
3-bosqichda (2017-yildan hozirgi vaqtgacha). «Oʼzbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida” (2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947-son)[3], “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”( 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-
son)[4], “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 
yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”( 2019 yil 23 oktyabrdagi 
PF-5853-son)[5], “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʼjaligi kooperatsiyasini 
rivojlantirish chora tadbirlari toʼgʼrisida” (2019 yilning 14 martdagi PQ-4239-
son)[6], “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʼini yanada rivojlantirish, sohada 


763 
qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 
(2019 yil 11 dekabrdagi PQ-4549-son) [7], “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda 
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishida dehqon 
xoʼjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” (2021 yil 23 noyabrdagi 
PQ-20-son) [8], “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta 
ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” (2023 yil 5 apreldagi PF-113-son)[9], “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala 
chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (2023 yil 12 apreldagi PQ-121-son)[10] qabul qilingan boʼlib, 
qishloq xo’jaligida kooperatsiya munosabatlari ushbu hujjatlar asosida tartibga 
solinadi.

Download 8,84 Mb.
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish