764
valyutada beriladigan kreditlar boʼyicha 1,5 foizli punktdan yuqori boʼlmagan
miqdorda qoplanishi va meva-sabzavot mahsulotlarining
tashqi bozorlarida
marketing tadqiqotlarini oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlarining 50 foizi subsidiyalar
taqdim etish orqali Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hamda Oʼzbekiston
Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni
ragʼbatlantirish agentligi mablagʼlari hisobidan,
shuningdek, jalb etiladigan xalqaro
moliyaviy institutlar mablagʼlari, shu jumladan Jahon banki mablagʼlari hisobidan
qoplanishi ko’zda tutilgan.
2019 yil 11 dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʼini yanada
rivojlantirish, sohada qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʼshimcha chora-
tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4549-sonli qarorida qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari
va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari o‘rtasida
kooperatsiya aloqalarini
rag‘batlantirish ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 1-iyuldan
yangi bog‘, tokzor va issiqxonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash
obyektlarini yaratish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati
5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan
oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
davlat jamg‘armasi hisobidan asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30
foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya
va qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha kredit
summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda kafillik taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda
qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va
qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son
qaroriga ko’ra Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga
2023-yilda ajratilishi ko‘zda tutilgan 400 milliard so‘m budjet ssudasi hisobidan
sarflanishi belgilangan. Xususan, 100 milliard so‘m yillik 10 foiz stavkada “Suv bilan
ta’minlash uchun nasos va quvurlarni o‘rnatishga qarz shartnomasi asosida, naqd pul
shaklida qishloq xo‘jaligi korxonalari va dala cheti yer egalariga 6 oygacha imtiyozli
765
davr bilan 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada qarz ajratish ko’zda tutilgan.
Bunda, berilayotgan qarz mablag‘lari olinayotgan daromadning 50 foizidan oshib
ketishi mumkin emasligi belgilangan. Kooperatsiya munosabatlari
asosida faoliyat
koʼrsatayotgan qishloq xoʼjaligi kooperativlari uchun yuqorida belgilangan moliyaviy
imtiyozlar xo’jalik sub’ektlari uchun boshlangʼich bosqichda kuchli iqtisodiy yordam
hisoblanadi. Xorijiy rivojlangan mamlakatlar (Yevropa, AQSh, Kanada) bozorlarida
kooperativlarning ulushi 40 foizdan oshadi. O‘zbekistonda esa bu yo‘nalish endigina
rivojlanmoqda.
XULOSA
Meva-sabzavot kooperatsiyasini tashkil etilganda birlashmaga a’zo bo’gan
qishloq xo’jaligi sub’ektlarining yillik foydasi uncha yuqori bo’lmaydi va a’zolarning
oladigan dividentlar miqdori ham katta mablag’ni tashkil etmaydi. Shu bois, qishloq
xoʼjaligi birlashmalari aʼzolari uchun (yuridik va jismoniy shaxslar) yil yakuni
boʼyicha foydadan oladigan divident va jismoniy shaxslar uchun daromad soligʼini 3-
5 yil davomida to’lamaslik imtiyozini joriy qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Natijada, birlashma a’zoligiga talabgor yuridik va
jismoniy shahslarning soni
ko’payadi, bu esa kooperativlarning mol-mulk hamda moliyaviy imkoniyatlarini
oshiradi. Qolaversa, berilgan imtiyoz muddati davomida aʼzo xoʼjalik subʼektlarini
ishlab chiqarish-moliyaviy salohiyatlarini mustahkamlashga imkoniyat yaratiladi.