777
to‘g‘risida”gi 178-sonli qarori qabul qilindi va ushbu qarorga muvofiq 2010 yil 1
sentyabrdan boshlab bir talabani o‘qitish xarajatlarining bazaviy
normatividan kelib chiqib
har bir oliy ta’lim muassasasi uchun byudjetdan moliyalashtirish hajmini aniqlash tartibi
joriy qilinishi belgilandi.
Oliy ta’lim muassasalarida bir talabani o‘qitish xarajatlarining bazaviy
normativlari oliy ta’lim muassasalarining faoliyat yo‘nalishlari, qanday yo‘nalishdagi
kadrlar yetkazib berishiga qarab turlicha belgilangan. Bunda oliy ta’lim muassasalari
umumiy 9 ta guruhga ajratilgan bo‘lib, har bir guruhga kiruvchi oliy ta’lim
muassasalari uchun
bir talabaga joriy xarajatlari va 4-guruh xarajatlari bo‘yicha joriy
xarajatlarining bazaviy normativi,
shuningdek, oliy ta’lim muassasalari moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish xarajatlari bo‘yicha xarajatlarning bazaviy normativi
turlicha qilib belgilangan.
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘larni rejalashtirish
(xarajatlar smetasini tuzish) va xarajat qilish “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt
shakli va undan tushgan
mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari daromadlarining asosiy qismi o‘qitishning to‘lov-kontrakt
shaklidan tushgan mablag‘lar hisobiga shakllanishini hisobga olgan holda ushbu
mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash, to‘lov-kontrakt miqdorini
to‘g‘ri hisoblash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori
yuqoridagi nizomga muvofiq bilim sohalari, soha va ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim
shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda) va ta’lim
bosqichlari
(bakalavriat, magistratura, ikkinchi va undan keyingi ta’lim) bo‘yicha alohida, har
o‘quv yili uchun belgilanadi. Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida
o‘qitishning to‘lov miqdorini belgilash bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar
miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdori quyidagi mezonlarni
inobatga olgan holda belgilanadi:
778
—
qabul kvotasi va bino-inshootlar quvvati o‘rtasidagi mutanosiblik;
—
ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim jarayoni xususiyatlari;
—
bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar
soni nisbatining cheklangan
normativlari;
—
o‘qitish muddatlari va boshqalar
13
.
“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-
kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi
Nizomning 4-bobi “O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larni oliy ta’lim
muassasalari tomonidan taqsimlanishi” deb nomlanib, unga muvofiq o‘qitishning
kontrakt shaklidan, shu jumladan oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida tushgan
mablag‘lar quyidagi maqsadlarga sarflanishi mumkinligi belgilangan:
—
stipendiyalar to‘lashga;
—
oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‘lovlari, shuningdek ijtimoiy soliq (yagona ijtimoiy to‘lov)lar bo‘yicha xarajatlarga;
—
bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha
xarajatlarga;
—
kreditor qarzlarni to‘lashga;
—
bino va asbob-uskunalarni joriy va kapital ta’mirlashga;
—
o‘quv, ilmiy-tadqiqot
va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va
boshqalarni sotib olish hamda ta’mirlash uchun;
—
oliy ta’lim muassasasi ARM (axborot resurs markazi) fondini to‘ldirish
uchun;
—
byudjetidan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni amalga oshirish uchun;
—
oliy ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ularga moddiy
yordam ko‘rsatish uchun;
—
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga
14
.
13
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan
mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, 28.12.2012
779
O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan
mablag‘lar oliy ta’lim muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
moliyaviy barqaror va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan banklarining depozit
hisobvarag‘lariga tanlov asosida joylashtirilishi mumkin.
Olingan foiz daromadlari
oliy ta’lim muassasasining o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari
daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladi hamda yuqorida keltirilgan maqsadlarga
sarflash uchun taqsimlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 21 fevralda Adliya vazirligi
tomonidan 2859-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy ta’lim
muassasalari boshqaruv,
texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini
tasdiqlash to‘g‘risida” qarori ham muhim rol o‘ynaydi. Mazkur qaror bilan “Oliy
ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi
xodimlarining namunaviy shtatlari” tasdiqlangan bo‘lib, bunda asosiy ko‘rsatkich
bo‘lib talabalar (sirtqi ta’lim talabalari uchun - 0,4 koeffitsientni qo‘llagan holda) va
binolar soni, yer maydoni va boshqalar shtatlar birligini belgilashda asosiy
ko‘rsatkich qilib olingan.