• RAQAMLI IQTISODIYOT, INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR HISOBI,TAHLILI VA MOLIYAVIY NAZORATINING USLUBIY MUOMOLARI, NAZARIYA VA AMALIYOT ISTIQBOLLARI
  • Kuchimova Sevinch Farxod qizi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, talaba Annotatsiya
  • Kalit so`zlar
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet359/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    Фойдаланилган адабиётлар: 
    1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги "2022-2026 
    йилларга 
    мўлжалланган 
    Янги 
    Ўзбекистоннинг 
    тараққиёт 
    стратегияси 
    тўғрисида"ги ПФ-60-сон Фармони. https://www.lex.uz/ 
    2. 
    Мусагалиев 
    А.Ж. 
    Юридик 
    шахсларни 
    солиққа 
    тртишни 
    такомиллаштиришнинг долзарб масалалари / Монография. – Т.: Ўзбекистон 
    Республикаси давлат солиқ қўмитаси Солиқ академияси. 2010. - 80 б. 
    RAQAMLI IQTISODIYOT, INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR 
    HISOBI,TAHLILI VA MOLIYAVIY NAZORATINING USLUBIY 
    MUOMOLARI, NAZARIYA VA AMALIYOT ISTIQBOLLARI 
    To`ychiyeva Nodira G`ulom qizi 
    O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, o‘qituvchisi 
    Kuchimova Sevinch Farxod qizi 
    O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, talaba 
    Annotatsiya: 
    Xarajat menejirlarning moslashuvchanligini hisobga olish 
    kerak, bu kelajakda loyihada ishlashni davom ettirish zarurligi to`g`risidagi qarorni 
    o`zgartirish mumkin.
     
    Kalit so`zlar
    :innovatsion, loyiha, xarajat, istiqbol , pul oqimlari, daromad, 
    pul oqimlari, investor, investitsiya, moliyaviy holat,zamonaviy texnologiyalar.
     
    Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat 
    tashkilotlari bilan shaxsiy muloqatni minimallashtirish hisobiga korxonalar va 
    jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi, shuningdek o`zaro 
    muloqatni tez va oson yo`lga qo`yishga imkon yaratadi
    .
    Mamlakat iqtisodiyotini 
    rivojlanishiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning 
    rivojalanishining asosi sifatida investitsiyalar qaralmoqda. Mamlakat iqtisodiyotida 
    investitsiyalarning hajmi oshishi bilan iqtisodiyot ham rivojlanib boradi. Investitsiya 
    to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
    quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol 


    771 
    investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga 
    erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, 
    iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli 
    soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak 
    malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.”
     
    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
    Harakatlar strategiyasida ham qulay investitsion muhitni shakllantirish asosiy urg‘u 
    qaratilgan:
     
    - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
    ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, 
    huquqni 
    muhofaza 
    qiluvchi 
    va 
    nazorat 
    idoralari 
    tomonidan 
    noqonuniy 
    aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
     
    - investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va 
    hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb 
    qilish . Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotida 
    investitsiyalar hajmini oshirish eng dolzarb masalalardan bo‘lib hisoblanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan 
    islohatlar natijasida iqtisodiyotda investitsiyalarning hajmi oshib bormoqda. 
    Investitsion muhit to‘g‘risida bir qancha olimlar o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. Bir 
    guruh olimlar quyidagi fikrlarni bildirib o‘tganlar: “Investitsiya muhiti ― bu xorijiy 
    kapital qo‘yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali 
    foydlanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va 
    ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko‘pqirrali tushuncha 
    bo‘lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shartsharoitlar(inqiroz, o‘sish, stagnatsiya), 
    bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya sur’atlari, 
    valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko‘rsatkichlarga ega . 
    Investitsion muhitga boshqacha qarashlar ham mavjud. Ular quyidagicha: 
    “Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan tushincha bo‘lib, investor 
    tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. 


    772 
    Investor tomonidan ma’lum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay 
    tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda o‘z kapitalini kiritmoqchi bo‘lgan 
    mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta e’tibor beriladi” . 
    Qisqacha qilib aytganda, investitsiya muhiti investitisiya munosabatlarini amalga 
    oshirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‘zida aks ettiradi. 
    Bundan shu narsa kelib chiqadiki, mamlakatda investitsiya muhiti qanchalik qulay 
    holda shakllangan bo‘lsa, bu mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar hajmi oshib 
    boradi. Mamlakat investitsion muhiga mamlakatdagi mavjud raqamli iqtisodiyot 
    darajasi ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli iqtisodiyot bu investorlarga 
    qo‘shimcha qulaylik yaratib beradi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda 
    iqtisodiyotda investitsiya hajmi ham baland hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot - bu 
    xo'jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi 
    asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni 
    qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi 
    ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni 
    yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha 
    qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko’rsatish, elektron to‘lovlar 
    amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli 
    kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir. Bugungi kunda 
    istalgan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va jahon maydonida 
    raqobatdoshligini oshirish ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyotning samarali shakllanishi 
    va rivojlanishiga bog‘liq. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning 
    barcha modellari uchun umumiy xususiyatlar ham bor. Bular — bu raqamli 
    texnologiyalarga innovatsiyalar va katta miqdordagi sarmoyalarni kiritish uchun 
    qulay sharoitlar mavjudligidir. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bevosita 
    mamlakatda investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratib beradi. Bundan tashqari 
    raqamli iqtisodiyot mamlakat investitsion muhitiga juda katta salbiy ta’sir qiladigan 
    omil bo‘lgan korrupsiya va xufyona iqtisodiyotni kamaytirishga yordam beradi. Bu 
    omilning kamayishi bevosita mamlakatda qulay investitsion muhitning shakllanishiga 


    773 
    yordam beradi. Bundan kelib chiqib aytish mumkin-ki, mamlakatda qulay 
    investitsion muhitni shakllantirishning asosiy bog‘ini raqamli iqtisodiyot hisoblanadi.
     
    O‘zbekistonda raqamli iqtsidiyotni rivojalantirishga doir olib borilayotgan 
    islohatlar natijasida mamlakatda raqamli iqtisodiyot darajasi oshib bormoqda. Lekin 
    sohada hozirgikunda ham ba’zi muammo va kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Bu 
    muammo kamchiliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
     
    - iqtisodiyot tarmoq va sohalarining raqamlashtirish yuqori darajada emasligi 
    ya’ni raqamli texnologiyalar bilan ta’minlanmaganligi; 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish