|
Ish haqi va mehnat munosabatlari Reja. I. Kirish. II. Asosiy qism
|
bet | 12/13 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 269,89 Kb. | | #253063 |
Bog'liq ish haqi va mehnat munosabatlari kurs ishiMavzuga doir testlar.
1. Quyidagilardan qaysi biri mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi?
A) Muddatli mehnat shartnomasining muddati tugashi
B) Xodimning mehnat ta’tiliga chiqishi
C)Xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzish
D)Xodimning vafot etganligi
2. Quyidagi shaxslardan qaysi birini ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qabul qo’llash mumkin?
A) Uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga
B) O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilganlarga
C) Korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarga
D) Oliy o’quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilarga
3. Xalqaro mehnat tashkilotining “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to’g’risida”gi konvensiyasiga ko’ra, “bola” atamasi kimlarga kimlarga nisbatan qo’llanilladi?
A)16 yoshga to’lmagan shaxslarga
B) 30 yoshga to’lmagan shaxslarga
C) 18 yoshga to’lmagan shaxslarga
D) maktabda tahsil olayotgan barcha shaxslarga
4. Quyidagilardan qaysi biri bolalar mehnatining eng yomon shakllariga misol bo’lmaydi?
A) Qullikning barcha shakllari yoki qullikka o’xshash amaliyot, masalan, bolalarni sotish va ularning traffiki, qarz asosidagi qaramlik va krepastnoy tobelik, shuningdek zo’raki yoki majburiy mehnat, shu jumladan, bolalardan qurolli mojarolarda foydalanish uchun ularni zo’rlab yoki majburlab jalb qilish;
B) Qonunga xilof faoliyat bilan shug’ullanish uchu , xususan, tegishli xalqaro shartnomalarda belgilangani kabi narkotiklarlar tayyorlash va sotish uchun boladan foydalanish, uni yollash va uni taklif qilish
C) Ota onasi qarshilik qilgan holda istalgan faoliyat bilan shug’ullanish
D) Bajarish xususiyatlariyoki sharoitiga ko’ra bolalar sog’ligi, xavfsizligi va ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan ishlar
5. Xodimga yetkezilgan ma’naviy zarar uchun to’lanadigan kompetsatsiyaning miqdori qancha miqdordan kam bo’lishi mumkin emas?
A) Xodimning oylik ish haqidan
B) O’rnatilgan eng kam ish haqi miqdorida
C) Xodimning bir yil davomida olgan ish haqidan
D) Ma’naviy zarar yetkazgan shaxsning oylik ish haqidan
6. Milliy qonun hujjatlari 13 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:
A)Ularning ota-onasi rozi bo’lsa
B) Ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo’naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan o’quvlaridan foydalanish layoqatiga zarar yetkazmaydigan bo’lsa
C) Ularning olayotga maoshi ta’lim olishi uchun to’lovlarni qoplashga ishlatiladigan bo’lsa
D)Korxona, tashkilot,muassasa rahbari ularga ziyon yetkazmasligi haqida kafolat beradigan bo’lsa
7. Quyidagi qoidalardan qaysi biri noto’g’ri?
A) 18 yoshga to’lmagan shaxslarning belgilab qo’yilgan normadan ortiq og’ir yuk ko’tarishlari va tashishlariga yo’l qo’yilmaydi
B) 18 yoshga to’lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi
C) 18 yoshga to’lmagan xodimlarga ish vaqtining muddati haftasiga yigirma to’rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi
D) 18 yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’ligi, xavfsizligi yoki axloq odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi
8.Mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlari munosabati bilan bekor qilingan hollarda ogohlantirish muddati to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping
A) Kamida 2 oy oldin
B) Kamida 1 oy oldin
C) Kamida 3 kun oldin
D) 2 hafta oldin
9. Mehnat munosabatlarining vujudga kelish asosi?
A) Mehnat daftarchasi
B) Passport
C) Mehnat shartnomasi
D) Ariza
10. Quyidagilardan qaysi biri mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishga doir tamoyillarga taalluqli emas?
A) Mehnat qilish erkinligi
B) Mehnatga oid munosabatlar sohasida hech qanday cheklashlar va kamsitishlarga yo’l qo’ymasligi
C) Zarurat bo’lganda majburiy mehnatga yo’l qo’yilishi
D) Fuqarolarning mehnat qilish huquqlariga ega bo’lishi va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekan
11. Quyidagilardan qaysi biri majburiy mehnat deb hisoblanadi?
A) Harbiy yoki muqobil xizmat to’g’risidagi qonunlar asosida mehnat qilish
B) Favqulotda holatlar yuz bergan sharoitlarda mehnat qilish
C) Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mehnat qilish
D) Biron bir jazoni qo’llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash
12. Kirish imtihonlari topshirishga ruhsat etilgan xodimlarga oliy o’quv yurtiga kirish uchun qancha muddat ta’til beriladi?
A) Kamida 10 kalendar kun
B) Kamida 15 kalendar kun
C) Kamida 20 kalendar kun
D) Kamida 25 kalendar kum
13. Xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni muayyan haq evaziga bajarish haqida kelishuv qanday ataladi?
A) Mehnat bitimi
B) Kontrakt kelishyvi
C) Mehnat shartnomasi
D) Shartnoma majburiyati
14. 18 yoshga to’lmagan xodimlarga beriladigan yillik ta’til miqdori to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A) Kamida 24 kalendar kuni
B) Kamida 26 kalendar kuni
C) Kamida 28 kalendar kuni
D) Kamida 30 kalendar kuni
15. Mehnat shartnomalarining muddati noto’g’ri ko’rsatilgan javobni tanlang.
A) Nomuayyan muddatga
B) 5 yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga
C) 10 yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga
D) Muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin
16. Mehnat kodeksining 80-moddasiga ko’ra, quyidagilardan qaysi biri ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar tarkibiga kirmaydi?
A) Passport
B) Mehnat daftarchasi
C) Harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqida guvohnoma
D) Tavsifnoma
17. Og’zaki mehnat shartnomasi tuzilishiga …
A) Yo’l qo’yiladi;
B) Yo’l qo’yilmaydi
C) taraflarning roziligi bilan yo’l qo’yiladi;
D) ishning xususiyatiga ko’ra yo’l qo’yiladi.
18. Xodim bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmagan va buyruq chiqarilmagan bo’lsa-yu, ammo xodim amalda tegishli ruxsat bilan ishlashni boshlaga bo’lsa…
A) Amalda mehnat shartnomasi tuzilganligini anglatadi
B) Xodim ishga qabul qilinmagan hisoblanadi
C) Bu masalani ish beruvchi hal qiladi
D) Mehnatga oid munosabatlar vujudga kelmagan deb hisoblanadi
19. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov nima maqsadda belgilanadi?
A) Xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko’rish
B) Uning jismoniy qobilyatini tekshirib ko’rish
C) Uning xarakterini aniqlash
D) Uning ishonchlilik darajasini aniqlash
20. Quyidagi shaxslardan qaysi birini ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddatini qo’llash mumkin?
A) Homilador ayollarga
B) 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinayotgan shaxslarga
C) 18 yoshga to’lmagan shaxslarga
D) O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilariga
21. O’z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko’ra o’smir sog’ligi, xavfsizligi yoki ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh necha yoshdan kichik bo’lmasligi kerak?
A) 17 yoshdan
B) 18 yoshdan
C) 20 yoshdan
D) 22 yoshdan
22. Quyidagi qoidalardan qaysi biri noto’gri?
A) 18 yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi har qanday holda ishga qabul qilishi shart
B) 18 yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar
C) 18 yoshga to’lmagan xodimlar 18 yoshga to’lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko’rikdan o’tkazib turilishi kerak
D) 18 yoshga to’lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng xuquqga ega
23. 18 yoshga to’lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, yana qaysi organdan rozilik olishi kerak?
A) Kasaba uyushmasi qo’mitasidan
B) 18 yoshga to’lmagan xodimning ota-onasidan
C) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidan
D) Mahalliy mehnat organidan
24. O’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlarga dimlom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirish vaqtida qanday imtiyoz berilgan?
A) 6 kunlik ish haftasi bo’lganda haftada bir kun o’rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi
B) 5 kunlik ish haftasi bo’lganda haftada 18 soat o’rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi
C) 6 kunlik ish haftasi bo’lganda oyda ikki kun o’rtacga ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi
D) 6 kunlik ish haftasi bo’lganda haftada bir kun xodim hisobidan ishdan ozod etiladilar
25. O’rta maxsus o’quv yurti talabalariga diplom loyxasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida qancha muddat o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoshimcha tatillar beriladi ?
A) Ikki hafta
B) Bir oy muddat
C) Ikki oy muddat
D) Uch oy muddat
|
| |