|
Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
|
bet | 6/13 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 269,89 Kb. | | #253063 |
Bog'liq ish haqi va mehnat munosabatlari kurs ishi2.3. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish.
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq;
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa;
T-3 shakli. Shtat jadvali;
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq;
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd;
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq;
T-13 shakli. Tabel;
T-49 shakli. Hisob-kitob-to‘lov vedomosti;
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti;
T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar “T”, kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar “K” harfi va hokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to‘liq ruyxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chikmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi.5
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
- ishbay ishlash uchun naryadlar;
- raportlar;
- marshrut varaqalari;
- qaydnomalar;
- bichish kartalari va hokazo.
Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja-dispetcher byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik xarita asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan 86 ish hajmini bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning rejadispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarishni topshirish sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni sexga jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar bo‘yicha guruhlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa hujjatlar tuziladi.
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qaydnomasida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har bir sex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Ish haqini hisoblash qaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjatda har bir tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini to‘ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |