• Tarif stavkasi
  • Tarif setkasi
  • Yagona tarif setkasi 1-jadval
  • Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari




    Download 269,89 Kb.
    bet3/13
    Sana24.05.2024
    Hajmi269,89 Kb.
    #253063
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    ish haqi va mehnat munosabatlari kurs ishi

    2.2. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari.
    O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.
    Respublikamiz korxonalarida mehnatga haq to‘lash tizimi tarifli va tarifsiz mehnatga haq to‘lash tizimlari asosida shakllanadi.
    Tarif tizimi – bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatning tezkorligi hamda tavsifidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan me’yorlar jamlamasidir.
    Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
    - tarif stavkasi va setkasi;
    - tarif-malakaviy ma’lumotnomalari.
    Tarif stavkasi – bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul shaklida ifodalanganidir. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
    Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari ko‘rsatiladigan hujjatdir.3
    Lavozim maoshi – bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan ishchilarga o‘rnatiladi.
    Yagona tarif setkasi 1-jadval

    Ish haqi to’lash razryadi

    Tarif koeffitsiyenti

    Ish haqi to’lash razryadi

    Tarif koeffitsiyenti

    1

    1,000

    12

    2,148

    2

    1,053

    13

    2,284

    3

    1,106

    14

    2,421

    4

    1,158

    15

    2,561

    5

    1,269

    16

    2,704

    6

    1,384

    17

    2,847

    7

    1,505

    18

    2,993

    8

    1,630

    19

    3,141

    9

    1,755

    20

    3,292

    10

    1,883

    21

    3,444

    11

    2,014

    22

    3,597

    Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat tarif stavkalari va okladlarini hodimlarning lavozimi, malakasi va ular bajaradigan ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda baza sifatida foydalanish mumkin.


    Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimni mustaqil belgilaydilar. Mehnatga haq to‘lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay.
    Mehnat haqining ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ish uchun yoki bir birlik ishga belgilangan amaldagi narxlarda yaratilgan mahsulot miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
    Mehnatni tashkil etish yo‘llaridan kelib chiqib ishbay ish haqi yakka tartibda va jamoat turlariga bo‘linadi.

    1-rasm. Mehnatga haq to‘lash shakllari.
    Yakka tartibdagi ishbay ish haqi shaklida ishchining mukofoti o‘zi yaratgan mahsulot miqdori, uning sifati va ishbay narxlarga to‘liq bog‘liq bo‘ladi.

    Download 269,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 269,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari

    Download 269,89 Kb.