|
MAVZUGA DOIR ATAMALAR.(GLOASSARY)
|
bet | 10/13 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 269,89 Kb. | | #253063 |
Bog'liq ish haqi va mehnat munosabatlari kurs ishiMAVZUGA DOIR ATAMALAR.(GLOASSARY).
Shaxsiy tarkib – korxona muassasa harbiy qism va sh.k da ishlaydigan, xizmat qiladigan kishilar tarkibi.
Mehnat haqi – bu tovarning puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor omillari – talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi yoki kamayishi mumkin).
Jamoa kelishuvi – muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Ishsizlar – o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Mehnat shartnomasi – bu xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Ish vaqtining normal muddati – bu haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Tarif stavkasi – bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqimiqdorini pul shaklida ifodalanganidir. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarif tizimi – bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatningtezkorligi hamda tavsifidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan me’yorlar jamlamasidir.
|
| |