-jadval. Ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanishlarning ba’zi turlari




Download 93.57 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2024
Hajmi93.57 Kb.
#164931
1   2   3   4
Bog'liq
1-Лобаратория
2-amaliy ish. raqamli-mantiqiy asoslari, 1366, Вентиляция ва хавони кондициялаш тизимлари, 2-lab, Toliq rejalashtirish, 1-laborotoriya AAA, 2-mavzu
1.1-jadval. Ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanishlarning ba’zi turlari

Nurlanish

Ionlashtiruvchi

Ionlashtirmaydigan

Elektromagnit (fotonli)

γ va rentgenli

Ultrafioletli, ko‘rinadigan, infraqizil, o‘ta yuqori chastotali va radioto‘lqinlar

Korpuskulyar

α– va β -zarrachalari, neytronlar, protonlar, yadroni bo‘lingan parchalarining oqimlari

Neytrin va antineytrino oqimlari

«Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida» gi Qonunga asosan ionlashtiruvchi nurlanish – bu radioaktiv parchalanishda, yadroviy o‘zgarishlarda, zaryadlangan 15 zarrachalarning moddada tormozlanishida hosil bo‘ladigan nurlanish bo‘lib, muhit bilan ta’sirlashish natijasida turli ishorali ionlarni hosil qiladi. Radiatsiyaning ixtiro qilinmagan, balki kashf etilganini yodda tutmoq muhimdir. Radiatsiya bu – tabiiy hodisa. Radiatsiyaning tabiiy manbalari yer qobig‘ida (uran, radiy, toriy), havoda (radon) va boshqa atrof-muhit obyektlarida tarqalgan radioaktiv elementlar hisoblanadi. Shuningdek, kosmik nurlanishlar ham radiatsiya manbasi bo‘ladi. Tabiiy radioaktiv elementlar, masalan, kaliy har qanday tirik to‘qimalar tarkibida, jumladan, odam organizmida ham mavjud bo‘ladi.
Tabiiy radiatsiya odam uchun tabiiy va hatto zaruriy hamdir. Lekin nurlanish dozasining sezilarli ortishi bilan vaziyat o‘zgardi.
Bir turdagi kimyoviy element (unsur)ning bir-biridan yadrosidagi neytronlar soni, demakki – atom massasi bilan farqlanadigan turli atomlari izotoplar deb ataladi. Yadrosining tarkibidagi nuklonlar (protonlar va neytronlar) soni yoki nisbati bilan farqlanadigan atomlarni belgilash uchun nuklid tushunchasidan foydalanadilar. Turli kimyoviy elementlar izotoplarining atom yadrosi stabil (turg‘un) va turg‘unmas (o‘zgaruvchi), ya’ni parchalanishga moyil bo‘ladi. Parchalanish mahsulotlarining atom yadrolaridagi nuklonlarning bog‘anish energiyasi yig‘indisidan kattaroq bo‘lgan nuklonlarning bog‘anish energiyasiga ega bo‘lgan atom yadrolarigina stabil, turg‘un bo‘ladi.
Hozirgi kungacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlar izotoplari yadrolarining 2500 tasidan tahminan 90% nostabil yoki turg‘unmas (o‘zgaruvchan)dir. Turg‘un bo‘lmagan yadrolarning parchalanishi turli xil nurlanishlarni tarqatish bilan kechishi tufayli u radioaktiv parchalanish deyiladi, radioaktiv parchalanish qobiliyatiga ega izotop va nuklidlar esa mos ravishda radioizotop va radionuklidlar deyiladi. Radionuklidlar yer qobig‘ida mavjud bo‘lishi mumkin (terrigen) va shuningdek, yerga doimiy ravishda kelib tushuvchi kosmik nurlanishlar ta’siri ostida (kosmogen) yoki inson faoliyati natijasida (texnogen) paydo bo‘lishi mumkin.
Dozimetrlar va radiometrlar turlari Funksional belgilanishi bo‘yicha sohadagi barcha asboblar ikkita sinfga: dozimetrik va radiometrik o‘lchovlarni amalga oshirish uchun belgilangan. Dozimetrik asboblarda detektor (datchik) sifatida ionlashtiruvchi kameralar, gazrazryad schetchiklar, ssintillyasion schetchiklar ishlatiladi.
Detektorlar – turli ionlashtiruvchi nurlanishlarni belgilovchi qurilma. Ularning ishlashi unda belgilanayotgan zarrachalar keltirib chiqarayotgan jarayonlardan foydalanishga asoslangan.
Detektorlar 3 guruhga bo‘linadi: 1) integralli detektorlar, 2) schetchiklar, 3) trekli detektorlar.
Integral detektorlar – ular ionlashtiruvchi nurlanishlarnining to‘liq oqimi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Dozimetrlar – nurlanishning ekspozitsion va yutilgan dozalarini o‘lchashga mo‘ljallangan yoki talluqli ravshda rentgen va gamma nurlanish doza quvvatini o‘lchashga belgilangan. Ular doza birligi yoki doza quvvatiga graduirovka qilingan bo‘ladi. Indikatorlar. Asosan gamma va beta nurlanishlarni ekspozitsion dozasini taxminan aniqlash uchun yaratilgan asbobdir. Unda detektor sifatida gazrazryad schetchik qo‘llaniladi. Bunga indikator-signalizator DP-64, dosha quvvatini o‘lchagich IMD-21 va boshqalar kiradi.
Rentgenmetrlar. Ular rentgen va gamma – nurlanish dozasini o‘lchashga mo‘ljallangan. O‘lchash oralig‘i rentgenning yuzlardan bir qismidan bir necha yuz rentgengacha (R/s). Unda datchik sifatida ionlashtiruvchi kamera yoki gazrazryad schetchik ishlatiladi. Ularga DP-3B, Kaktus, DP-2 va boshqalar kiradi. Radiometrlar – radioaktivlikni va uning solishtirma miqdorini o‘lchaydi. Asboblar ishlatilish joyiga qarab: -cho‘ntakda olib yuriladigan - shaxsiy dozimetri va radiometrik nazorat uchun mo‘ljallangan. Cho‘ntak dozimetrlari sifatida sanoatda havodagi ekspozitsion dozani o‘lchashga mo‘rjallangan rentgenometr kabi ishlaydigan («Master-1», «Gorizont», «Bela-2», «Sosna» va boshqa) asboblar rusumlari ishlab chiqariladi. Ularni radioaktiv ifloslangan zonalarda gamma-fonni nazorat qilish va seziy-137 bilan kuchli ifloslangan joydan chiqish maqsadida ishlatiladi. -ko‘chma-olib yuriladigan -gurux dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat uchun. Ular atrof-muhit obyektlarida, yer yuzini gamma kartalashtirishda, bino va inshootlarni ifloslanishi, mashina va mexanizmlarda radioaktiv ifloslanganlikni o‘lchash uchun ishlab chiqarilgan. Ko‘chma dozimetrlar – SRP-68-01, KID-2, dozimetr komplektlari DP-24, DK- 0,2 va boshqalar. 83 -muqim joylashgan qurilmalar - radiatsion xavfli joylarda tuproq, ozuqalarni, oziq-ovqat, suv va boshqalarda doimiy dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat uchun. Muqimlarga quyidagilar kiradi: SPSS-02, SD-1M va boshqalar.
Schetchiklar - ishchi sig‘im yoki yuzaga tushadigan ionlashtiruvchi nurlarni sanashga mo‘ljallangan. Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanishini o‘lchashda DP-5 turdagi asboblardan foydalaniladi. Xuddi shuningdek ta’sir va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-24, DP-23A, ID-1, ID-11 turdagi dozimetrlar to‘plami bilan o‘lchanadi. Shaxsiy dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo‘lganda olingan dozalarni hisobga oladi.



Download 93.57 Kb.
1   2   3   4




Download 93.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval. Ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanishlarning ba’zi turlari

Download 93.57 Kb.