Ishlab chiqarish usullarini tanlash va asoslash




Download 491.37 Kb.
bet1/15
Sana11.03.2024
Hajmi491.37 Kb.
#170169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Polistrol blok Хаитбаев Азизбек
Iqtisodiy o, Kreativ fikrlash, KL-Талабнома, 6-Amaliy mashg`ulot, mayda, Вазифа фарм.кимё 6.1 (1), hujjat, Abidjonova Gulnoza, Boboyarova Dilfuzaning javob xati, “Statistika” IQT, 0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi, 01 Документ Microsoft Word, 11. Kengash qarori (2), axborotlashgan-jamiyatda-internet-tizimi-va-axborot-madaniyati, Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonav

Mundarija

t/s

Bo‘lim nomi

Bet






KIRISH..............................................................................................

3

1

TEXNOLOGIK QISM.......................................................................

6

1.1.

Mahsulot nomenklaturasi……………………………………...........

7

1.2.

Ishlab chiqarish usullarini tanlash va asoslash...................................

8

1.3.

Ish vaqti ……………………………………………........................

9

1.4.

Sement ombori xisobi ……………..................................................

10

1.5.

Beton qorish sexi xisobi ……………...............................................

11

1.6.

Tayyor maxsulot ombori xisobi

14

2

Hisobiy qism ………………............................................................

16

3

Mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari.………............

29




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………..........

32

KIRISH
Yurtimizda innovatsion texnologyalardan keng foydalangan xolda yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish bugungi kunning muhim jihatlaridan biri bo’lib bormoqda.
Prezidentimizning “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda qurilish sohasi uchun katta istiqbollarni ochib berdi.Qabul qilingan bu hujjatlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tufayli sohada yirik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz kundan kunga rivojlanish yo’lidan odimlamoqda. Bunga misol tariqasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturini misol qilib olishimiz mumkin. Bu strategiyalarning barchasi aholi turmush darajasini oshirishga, ularni farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida.
Mamalakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qо‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yо‘lga qо‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va kо‘rsatilayotgan xizmat turlarining kо‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir sо‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yо‘lining tо‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bо‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda kо‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi о‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni sо‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan о‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat kо‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
О‘tgan yili faoliyat kо‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratildi.
Bugunda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda о‘ta muhim ahamiyatga ega bо‘lgan loyihalarni amalga oshirish mо‘ljallanmoqda. Jumladan, Surg‘il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar va Qо‘ng‘irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlandi.
Shuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish, tо‘qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni takomillashtirish bо‘yicha loyihalarni amalga oshirildi. Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu Jamg‘arma kapitali 9 milliard dollardan oshib ketdi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgandir.
Respublika xalq xо‘jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati yetakchi rol о‘ynaydi. Bu о‘z xom ashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruksiyalariga bо‘lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini g'ovak to'ldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayorlanish talab etiladi.Masalan, armosement konstruksiyalar,g'ovak yacheykali va gaz betoni.Bular malum miqdorda konstruksiyalarni yechish masalalarini hal qilmoqda. Konstruksiyalar ko'ndalanb kesimning kamayshiga va ularning pralyotini uzaytirishga olib keladi.Seysmik kuchlar tasirida bo'lagan yangilashtirilagan konstruksiyalar alohida ahamiyatga ega.Ular malum miqdorda dinamik kuchlarni so'ndiradi.
Beton texnolgiyasi yig'ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo'lanmalar quyidagilar bo'lishi kerak:yig'ma temir-beton konstruksiyalariing sifati darajasi va samaradorligini oshirish:ishlab chiqarishda mehnat va metal sarfini kamaytirish;bog'lochi modalarni samarali turlari,armatura bo'latlsri,yuqori sifatli to'ldiruvchilar va lompleks kimyoviy qo'shimachalarni ko'plab ishlab chiqarish; konstruksiyalarning og'irligini kamaytirish; o'lchamlarini kamaytirish; beton esa temir-beton konstruksiyalarini ishlab choqarish texnologiyasi tubdan yaxshilash uchun eng zomanviytexnalogik jarayonlarni keng ko'lamda tadbiq qilish betonlarning xossalarini yangilashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sifatining eng sifatlisini qo'llash, hisoblash texnikasidan keng foydalanish;chiqindiga chiqormaydigan va resurslarning tejash texnalogiyasi qo'llash;sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarninn keng qo'lash ishchi energiya materiallr resurslari tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish zaxiralaridan foyadalanish darkor.



Download 491.37 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 491.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish usullarini tanlash va asoslash

Download 491.37 Kb.