|
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
|
bet | 1/4 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 68,97 Kb. | | #152147 |
Bog'liq Tenglamalar tizimi ko’rinishidagi ekonometrik model
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“EKONOMETRIKA” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Tenglamalar tizimi ko’rinishidagi ekonometrik model.
Bajardi:
|
Ro’ziyeva Barnoxon Baxtiyarovna
S22A-21 I guruh talabasi
|
|
|
Ilmiy rahbar:
|
N.T.Qudbiyev
|
FARGʻONA – 2024.
I.KIRISH
“Ekonometrikaga kirish” fani ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellar yordamida iqtisodiy subyektlar holatini tahlil qilish va tahlil natijalari asosida optimal qarorlar qabul qilishni, tuzilgan modellarni turli xil mezonlar asosida tekshirish va ularni tadbiq qilish hamda ijtimoiyiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognoz qilishni o‘rganadi. Mamlakatimizda banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish va bu jarayonlarda ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o‘sishga erishishda, avvalambor, keng ko‘lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o‘zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg‘ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy indikatorlarni prognozlash, ko‘p variantli echimlardan muqobil echimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali 4 monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Ekonometrika asoslari” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot murakkab iqtisodiy, xo‘jalik va nazariy masalalarni hal qilishda amaliy matematika yutuqlaridan keng foydalanmoqda. Mamalakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” Qonunlariga asosan ta’lim olayotgan barcha talabalarni raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bugungi kunda ta’lim jarayonlari tubdan o‘zgartirilmoqda. Jahon hamjamiyatida O‘zbekiston o‘z o‘rnini egallashi, raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish orqali bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llabquvvatlash, ta’lim tizimida zamonaviy axborot va ilg‘or pedagogic texnologiyalarni qo‘llash – ustuvor masalalar bo‘lib qolmoqda.
Ekonometrikani o‘rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo‘lishini ta’minlaydi deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Ta’lim sohasida o‘qitishning yangi shakllari: yangipedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ta’lim berish usullari keng qo‘llanilmoqda. Bu esa ta’lim oluvchilarning har tomonlama etuk, bilimdon va raqobatbardoshligini ta’minlashga imkon beradi.
|
| |