Ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilishning ahamiyati




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.06.2024
Hajmi0,75 Mb.
#263313
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING AHAMIYATI


часть
2
 
«
Научный импульс
»
сентябр
, 2022
319 
yo'qotilishini kamaytirish yo’li bilan ichki navbatchilik to’xtab qolishichisobiga ish vaqti 
fondining ko'payishi natijasida mehnat unumdorligining o'sishi. 
Shuningdek, jamoada mehnat unumdorligini oshirish va mehnatni muhofaza qilish 
masalalarining ahamiyatini oshirishda ishlab chiqarish jamoasidagi psixologik muhitni 
belgilovchi omillarni birlashtiruvchi mehnat xavfsizligini oshirishning psixologik vositalari,
uning a'zolarining psixologik mosligining ta’minlanishi, xodimlarni professional tanlash, 
ishchilarni mehnatining xavfsiz usullariga tayyorlash va o'qitish, mehnat resurslarini 
joylashtirish va ulardan samarali foydalanish, ularning ishlab chiqarish jarayonidagi o'zaro 
munosabatlari muhim rol o'ynaydi. Mehnat xavfsizligini oshirishning axloqiy vositalari 
mehnat jarayoni ishtirokchilari, jamoa a'zolari o'rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. 
Bunday munosabatlarning tabiati va ifodalanishi – mehnatni muhofaza qilishning eng 
muhim jihatlaridir. Mehnat jarayonida xodimlarning o'zaro munosabatlari ishlab 
chiqarishni tashkil etish tamoyillariga mos keladigan, mos bo'lmagan va ba'zan zid bo'lishi 
mumkin. Mehnat jamoasida ichki mehnat tartibi, qoidalar, me'yorlar va mehnatni 
muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalar asosida shaxslararo sog’lom munosabatlar 
shakllanishi muhandis-texnik xodimlar – jamoa rahbarlarining asosiy vazifalardan biri 
hisoblanadi. Boshqaruvchining jamoadagi munosabatlarni to'g'ri yo’lga qo’yish qobiliyati – 
oxir-oqibat butun korxona faoliyati natijasi, uning bozordagi obro'si va albatta, 
raqobatbardoshligi bilan bog'liq bo'lgan san'at turidir. Shu bilan birga, ushbu faoliyatda 
korxona xodimlari, ya'ni mehnatni muhofaza qilish uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini 
ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish kerak.
Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal qilish xodimlarga, korxona 
jamoasiga u barcha xavfsizlik talablari bajarilgan qulay sharoitlarda ishlayotganligiga, biror 
kor-xol (masalan, baxtsiz hodisa) yuz bersa, xodim va uning oilasi kompensatsiya to'lovlari 
orqali himoya qilinishiga ishonch tuyg’usini beradi. Shunday qilib, ishlab chiqarishda 
mehnatni muhofaza qilishning ahamiyati katta va bu masalalarga e'tiborsizlik salbiy 
oqibatlarga olib keladi. Bugungi kunda davlatda korxona boshqaruvining asosiy 
elementlaridan biri bo'lgan mehnatni muhofaza qilish madaniyati masalasi ko'tarilmoqda. 
O’zbekiston rahbarlari uchun ham bu me’yorga aylanishi, mehnatni muhofaza qilish ishlari 
rasmiy ravishda amalga oshirilsa yaxshi bo’lardi. Afsuski, "yaxshi" statistika uchun ish 
joyidagi baxtsiz hodisalarni yashirishga urinishlar holatlari kam emas. Shuning uchun inson 
mehnati olib boriladigan sog'lom va xavfsiz shart-sharoitlarni ta'minlash bilan bog'liq 
muammolarni o'rganish va hal qilish, - yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish tizimlarini 
ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi bo’lishi 
mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklari, portlashlar, yong'inlarni o'rganish va 
aniqlash, ushbu sabablarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar va talablarni ishlab chiqish 
inson mehnati uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga imkon beradi. Mehnatni muhofaza 
qilishning ijtimoiy ahamiyati ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish darajasini tavsiflovchi 
uchta asosiy ko'rsatkichning o’zgarishi ta'sirida namoyon bo’ladi: sog'liqni saqlashni 
yaxshilash, o'rtacha umr ko'rish davomiyligini uzaytirish hisobiga mehnat resurslarini 


Международный
научный
журнал

2
(100), 
Download 0,75 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilishning ahamiyati

Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish