Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi




Download 46,94 Kb.
bet10/11
Sana24.06.2024
Hajmi46,94 Kb.
#265380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik

2.1.7. Konstruktorlik tayyorlash
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulotni loyihalash va
avval chiqarilgan mahsulotni modernizatsiyalash, shuningdek korxonani yoki
uning ayrim bo‘limlarini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash loyihasini ishlab
chiqishdan iborat.
Loyihalashda mahsulotning xususiyati, uning konstruksiyasi, fizik-kimyoviy
xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, texnik-iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlari
belgilanadi. Konstruktorlik tayyorlashning natijalari texnik hujjatlar - chizmalar,
kimyoviy mahsulotning retsepturalari, materiallar spetsifikatsiyalari, tayyor
mahsulot namunalari va hokazolar shaklida rasmiylashtiriladi.
Yangi
mahsulot
loyiha-texnologik
va
ilmiy-tadqiqot
institutlari,
ilmiytexnologik markazlar, shuningdek korxonalarning konstruktorlik bo‘limlari
va laboratoriyalar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash vazifalariga quyidagilar kiradi:
- mahsulot sifatini doimiy yaxshilash;
- tayyorlashning progressiv usullaridan foydalanib, mahsulotni tayyorlash
jarayonini takomillashtirish. Bu esa mahsulotni tayyorlashda ishlab chiqarish
resurslaridan foydalanish unumdorligini oshiradi;
- tayyor mahsulotning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash, mahsulot birligiga
materiallar sarflanishining me’yorlarni kamaytirish, foydalanish xarajatlarini
kamaytirish tufayli tayyor mahsulotning tannarxini kamaytirish;
- mahsulotni loyihalashda mavjud standartlardan va unifikatsiyalashtirilgan
yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
- loyiha topshirig‘ini, eskiz loyihasini ishlab chiqish;
- tajriba namunasini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish;
- texnik loyihani, ish loyihasini ishlab chiqish;
- tajribaviy partiyalarning mahsulotini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish;
- sinovlar natijalari bo‘yicha konstruksiyani moslab etkazish;
- ish loyihasini aniqlash va uni rasmiylashtirish;



- ish loyihasini ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash organlariga


topshirish.
Buyurtmachi (korxona) yoki uning topshirig‘iga binoan loyiha tashkiloti
tuzadigan loyiha (texnik) topshirig‘i yangi mahsulotni loyihalashning boshlanishi
uchun asos bo‘ladi.
Loyiha topshirig‘ida mahsulot nomi, uning maqsadi, qo‘llanish sohasi, ishlab
chiqarish va foydalanish jarayonidagi texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
ko‘rsatiladi. Loyiha topshirig‘ida yangi mahsulotning avval chiqarilgan
mahsulotdan tub asosiy farqlari aniqlangan, uning ro‘yxati va tayyorlash
zarurligining asoslanishi keltirilgan, ham iste’molchi uchun, ham ishlab
chiqaruvchi uchun hisoblangan samarasini hisobga olgan holda yangi
mahsulotning unumdorligini hisoblash keltirilgan bo‘lishi kerak.
Buyurtmachining loyiha topshirig‘ini tahlil qilish va mahsulotlarning
ehtimoliy echimlarining har xil turlarini taqqoslash, ishlab chiqiladigan va mavjud
mahsulotning foydalanish xususiyatlarini, shuningdek patent materiallarini hisobga
olib, echimlarni qiyosiy baholash natijasida texnik taklif - loyihani keyingi ishlab
chiqishning maqsadga muvofiqligini texnik va texnik-iqtisodiy asoslashni o‘z
ichiga olgan konstruktorlik hujjatlarining yig‘indisi tuziladi.
Texnik taklif belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlanganidan keyin eskiz
(texnik) loyihani ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Eskiz loyihasi - konstruktorlik hujjatlarning yig‘indisi bo‘lib, u mahsulot va
undan foydalanish haqida umumiy tasavvur beruvchi tub asosiy konstruktiv
echimlar, shuningdek, uning maqsadi va asosiy tavsiflarini belgilaydigan
ma’lumotni o‘z ichiga olishi lozim.
Eskiz loyihasini ishlab chiqishda yangi mahsulotning tub asosiy tavsifi
aniqlanadi, eng samarali echimni, uning texnik, texnologik, foydalanish
xususiyatlarini tanlash amalga oshiriladi. Eskiz loyihasi doimo bir necha
variantlarda, keyin ulardan birini tanlash uchun tuziladi. Eskiz loyihasi belgilangan
tartibda kelishilgan va tasdiqlanganidan keyin texnik loyihani yoki ish
konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Texnik loyiha - konstruktorlik hujjatlarning yig‘indisi bo‘lib, unda ishlab
chiqiladigan mahsulotning tuzilishi haqida to‘liq tasavvur beruvchi yakuniy texnik
echimlarni va ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumot bo‘lishi
kerak. Texnik loyiha asosida materiallar va yarimfabrikatlar tanlanadi, mahsulotni
tayyorlash prinsiplari ishlab chiqiladi va iqtisodiy jihatdan asoslanadi.
Texnik loyiha belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlanganidan keyin ish
konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Avval ishlab chiqilgan
konstruktorlik hujjatlari odatda yangi mahsulotni ishlab chiqishda yoki



tayyorlanadigan mahsulotni modernizatsiyalashda qo‘llanadi, bu esa loyihalash


muddatlari qisqarishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning yakuniy bosqichi chizmalar,
yo‘riqnomalar, sxemalar va hokazolarni o‘z ichiga olgan texnik hujjatlarni: texnik
sharoitlar, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqishdir.
Texnik sharoitlar (TSH) va farmakopeya maqolalari (FM) mahsulotning
(buyum, material, modda va hokazo) texnik hujjatlar to‘plamining ajralmas qismi
bo‘lib, uning sifatini belgilab beradi.
MTH konstruktorlik yoki boshqa texnik hujjatlarida ko‘rsatish maqsadga
muvofiq bo‘lgan mahsulotning sifatiga, uni tayyorlashga, nazorat qilish, qabul
qilish va etkazib berishga qo‘yiladigan barcha asosiy talablarni o‘z ichiga olishi
lozim.
Tajribaviy partiyani sinovdan o‘tkazish va maromiga etkazishdan keyin ish
loyihasi aniqlanadi, u yakunlangan shaklida ishlab chiqarishni texnologik
tayyorlash uchun topshiriladi. Loyihalashning barcha bosqichlarida mahsulotning
hamma texnik va iqtisodiy xususiyatlari aniqlanadi, muayyanlashtiriladi va
yakuniy belgilanadi, mahsulotni takomillashtirishning boshida tanlangan yo‘lidan
foydalanishning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi va uni chiqarish yuzasidan qaror
qabul qilinadi.
Kimyo va oziq-ovqat sanoat sohalarida mahsulotni loyihalash amaliy
tadqiqotlar, izlanishlar va ishlanmalar, shuningdek ishlab chiqarishni texnologik
tayyorlash bosqichida bajariladi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash uni o‘tkazish, sanoat,
ilmiytadqiqot, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalari tomonidan ishlab
chiqiladigan va qo‘llanadigan konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish va
muomala qilishning yagona o‘zaro bog‘liq qoidalarini belgilaydigan davlat
standartlarining to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. Ularni qo‘llash ishlab
chiqarishni
ilmiy-texnik
tayyorlashni
chiqariladigan
mahsulotlarning
raqobatdardoshligini kafolatlashi, loyihalash vaqtini qisqarishi, bu jarayonning
zaruriy bir xil yagonaligini ta’minlashi mumkin bo‘lgan yuqori darajasida
ta’minlash uchun maqbul sharoitni yaratishga imkon beradi.

Download 46,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 46,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi

Download 46,94 Kb.