- hujjatlarni yaratishning kerakli bosqichlarini bajarishga oid topshiriq va
uning tarkibi;
- buyumga maxsus talablarni belgilaydi.
Mutaxassislarning harakatlarini muvofiqlashtirish va loyihaning barcha
bo‘limlarini o‘z vaqtida bajarish uchun ushbu harakatlarni bajarish davriga
loyihaning bosh muhandisi tayinlanadi.
Loyihaning bosh muhandisi:
- loyihaning texnik echimlarining to‘g‘riligi;
- bajarilishi muddatlari;
- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun javobgar bo‘ladi.
Bosh muhandis loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirish davrida
loyihaning texnik rahbari bo‘ladi. Ushbu lavozimga muhandis-texnologni tayinlash
samaraliroq bo‘ladi, u boshqa yo‘nalish mutaxassislariga nisbatan tezroq va
malakali tarzda texnologik jarayonning mohiyatini tushunib olishi va qabul
qilingan loyihaviy qarorlarning to‘g‘riligini baholashi mumkin (2.1-rasm).