miqdori katta bo‘lib, unifikatsiyalangan mahsulotning nisbiy miqdori juda kam
bo‘ladi.
Yakuniy mahsulotning har bir birligi o‘z konstruksiyasi, bajaradigan
vazifalari va boshqa muhim belgilariga ko‘ra betakror bo‘ladi.
Mahsulotni tayyorlashning ishlab chiqarish jarayoni uzlukli xususiyatga ega,
ya’ni har bir mahsulot birligini chiqarishga nisbatan uzoq vaqt sarflanadi.
Korxonalarda universal jihoz-uskunalar hamda qo‘l mehnatining katta ulushi
qo‘llaniladigan jarayonlar ishlatiladi va ishchilar universal malakaga ega
bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
Mahsulotning katta mehnat sig‘imi, xodimlarning yuqori malakasi,
materiallarning yuqoriroq sarflanishi natijada chiqariladigan buyumlarning yuqori
tannarxini belgilab beradi. Bunda mahsulot tannarxida ish haqi katta nisbiy
ulushiga ega bo‘ladi, u to‘liq tannarxidan 20 - 25% gacha qismini tashkil etadi.