Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash izchil bog‘liq bo‘lgan standartlar bilan
belgilab beriladigan yangi texnika va texnologiyani yaratish, o‘zlashtirish va joriy
qilish bo‘yicha ilmiy, loyiha-konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish-xo‘jalik
ishlarning majmuidir.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash konstruktorlik va texnologik tayyorlashni
o‘z ichiga oladi, shuningdek, korxonada mavjud bo‘lgan texnik tayyorlash rejasiga
muvofiq bajariladi.
Korxona moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni, mehnatni
va boshqarishni tashkil etish ishlab chiqarishni texnik tayyorlashdan iborat bo‘lib,
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish;
- yangi mahsulotni yaratish yoki chiqariladigan mahsulotni yaxshilash;
- mahsulotni tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish;
- yangi asosiy va yordamchi jihoz-uskunalarni sotib olish;
- ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minlash;
- kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- texnik-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
- axborot ta’minotini tashkil etish.
Texnik tayyorlash mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni samarali
o‘zlashtirish, ishlab chiqarishning yangi texnologik usullarini va tashkil etish
yo‘llarini joriy qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni texnik
tayyorlashning vazifasi zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlari asosida ishlab
chiqarish jarayonini yuqoriroq texnik va texnologik darajaga o‘tkazish imkonini
beradigan texnik, tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Ishlab
chiqarishni
texnik tayyorlash
konstruktorlik va
texnologik
tayyorlashdan iborat. Turli ko‘lamdagi va yo‘nalishdagi korxonalarda ishlab
chiqarishni tayyorlashning texnologik bosqichlari turlicha ifodalanishi mumkin.
Lekin ishlab chiqarishni tashkil etishga oid ishlarning asosiy qismi korxonaning
bevosita vakolatiga kiradi.