• 2. Gorizontal diversifikatsiya
  • 3. Qurama (konglomerat) diversifikatsiya
  • Jamlama (konsentrik) diversifikatsiya




    Download 1.18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/43
    Sana25.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #39376
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
    Bog'liq
    kitob
    Истории государства и права зарубежных стран ОТВЕТ, 3, D5Bva0UOe7dAJxQyrEU8j1fakoDaD2NDO4th3QyV, Reja-WPS Office, QUVIR TRANSPORTI, 4-амалий машғулот, Индустрия 4 рус, 169-8-113-Q 21, Amalyot, Biologiya, Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli, pdf 20221207 094347 0000, Avesto, 1-ma\'ruza
    1. Jamlama (konsentrik) diversifikatsiya – maxsulot assortimentini oldin 
    ishlab chiqarilgan maxsulot bilan texnikaviy yoki bozor nuqtayi nazaridan o’xshash 
    yangi mahsulotni ishlab chiqara boshlaganda yuz beradi. Bunda maqsad yangi 
    iste‘molchilar guruhini jalb qilishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, uyali aloqa telefon 
    apparatlari ishlab chiqaruvchi korxona o’z mahsulot xilini ko’paytirib, avto javob 
    beruvchi, radio yoki videotelefon ishlab chiqarishga o’tadi. Shunday qilib korxona 
    o’z dasturini boyitadi va iste‘molchilarning yangi guruhiga ega bo’ladi. 
    2. Gorizontal diversifikatsiya – bu ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot xiliga 
    bozor strategiyasini saqlab qolgan holda yangi texnologik aloqasi bo’lmagan yangi 
    mahsulotni ishlab chiqarishga o’tishdan iborat. Masalan, yoshlarga tayyor 
    ko’ylaklar tikishga ixtisoslashgan korxona yoshlarga mo’ljallangan jurnal nashr 
    qilishga qaror qildi deylik ya‘ni korxona yoshlarning didi va hayot tarzi sohalarini 
    bilishdagi tajribasini noshirlik sohasida ham qo’llashi mumkin. 


    23 
    3. Qurama (konglomerat) diversifikatsiya – assortimentni yangimaxsulotlar 
    bilan to‘ldirish va bunda korxonaning oldingi faoliyat jabhasinimavjud texnologiya, 
    tovar turlari, mahsulot sotib kelgan bozoridan mutlaqo farqqiladigan yangi 
    sohalarga kirib borishi bilan kengaytirishni kozda tutadi. Misoluchun firma yangi 
    korxonalar qurishga mablagsarf etishi, kochmas mulk bilansavdoda ishtirok qilish
    tez xizmat korsatadigan ovqatlanish korxonasini ochishimumkin. Bunda yangi 
    bozor ciqish, yangi texnologiyalar joriy qilish va yangi iste‘molchilar uchun ishlash 
    ko‘zda tutiladi. 
    Diversifikatsiyani jahon xo‘jaligida mamlakatlar miqyosida amalga oshirish 
    iqtisodiyot diversifikatsiyasi hisoblalnadi va u yuqorida keltirilgan diversifikatsiya 
    strategiyasi turlaridan faqatgina sanoat, eksport tarmoqlari va investitsiya hamda 
    ishlab chiqarish sohalaridagi diversifikatsiyani o‘z ichiga olishi mumkin. 
    Mamlakatlar iqtisodiyotida diversifikatsiya oldinga qo‘yilgan maqsad 
    asosidan kelib chiqqan holda o‘z strategiyasini tanlashi lozim. Diversifikatsiya 
    strategiyasi bu faoliyatni diversifikatsiya qilish bo‘yicha amamlga oshiriladigan va 
    qo‘yilgan maqsadga erishishda tanlab olingan prioritet yo‘nalishlardan tashkil 
    topgan tadbirlar yig‘indisidir. Har bir sohada amamlga oshiriladigan diversifikatsiya 
    strategiyasi o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Milliy iqtisodiyotlarda diversifikatsiyani 
    amalga oshirishni belgilangan usullar orqali tahlilini ko‘rib chiqamiz. 
    Sanoat sohasini diversifikatsiya siyosati moliyaviy tartibsizliklardan 
    himoyalanishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli ba‘zi 
    mamlakatlar jahon xo‘jaligida o‘z o‘rnini egallash maqsadida qazib olinayotgan 
    tabiiy boyliklarning turi va soniga, hamda metallar, gaz-kimyo materiallar, 
    plastmassalarni qayta ishlash undan tashqari ma‘lum bir foydali xususiyatlarga ega 
    bo‘lgan yangi materriallarni ishlab chiqarish va turlarini oshirishga harakat qiladilar. 
    Boshqa tomondan texnik bilim va texnologik qobiliyat darajasi qanchalik yuqori 
    bo‘lsa mamlakatlar shuhrati jahon iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlarga o‘z ta‘sir 
    kuchi shunchalik katta bo‘ladi. 
    Rivojlanishning moderinezatsiyalashgan ssenariysiga o‘ta olmagan va 
    diversifikatsiyaning yetarli darajasi ta‘minlanmagan hollarda mamlakatlar bir 


    24 
    tomonda, yoqilg‘i, qishloq ho‘jaligi va hom ashyo eksporti va ikkinchi tomondan 
    mashina-texnika va iste‘mol importi oralig‘ida qolib ketadi. Shu sababdan, har 
    tomonlama diversifikatsiyalashuv asosidagi sanoatning innovatsion rivojlanishi
    asalalarini yechishga ilmiy asoslangan yondashuvlarning ishlab chiqilishi uni barcha 
    mavjud bo‘lgan moliyaviy spekulyatsiyalarga konyuktura tobeligidan chiqarish va 
    xalqaro moliyaviy girdoblar ta‘siridan saqlashning yagona varianti sifatida 
    qaralmoqda. 
    Ushbu 
    vaziyatdan 
    kelib 
    chiqib, 
    sanoat 
    diversifikatsiyasi 
    tusuhnchalarini anglash muhim hisoblanadi. Uning quyidagi turlari mavjud: 

    Download 1.18 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




    Download 1.18 Mb.
    Pdf ko'rish