|
- Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligining umumiy tavsifi
|
bet | 2/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 22,56 Kb. | | #230479 |
70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligining umumiy tavsifi
70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash kundizgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Mutaxassislik bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
Qo’llanilish soxasi.
1.1.1. 70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi malaka talabining qo’llanilishi.
Malaka talabi 70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi magistrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
–– mazkur magistratura mutaxassisligi bo’yicha malaka talablari, o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o’quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul xamda o’z vakolat doirasidan bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv xodimlari ( rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi boshlig’i , dekanlar va kafedra mudirlari) va professor- o’qituvchilari ;
Magistratura mutaxassisligining o’quv rejasi va fan dasturlarini o’zlashtiruvchi oliy ta’lim tashkilotining talablari ;
Magistratura bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baxolash amalga oshiruvchi Davlat attestatsiyakomissiyalari;
Ta’lim boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlar ;
Oliy ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar
Oliy ta’lim tizimini akkreditasiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari
Kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxona
Oliy ta’lim tashkilotlariga o’qishga kirayotgan bakalavriat bitiruvchilari va boshqa manfaatdor shaxslar
|
| |