|
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida
|
bet | 5/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 22,56 Kb. | | #230479 |
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari va ijodiy jamoani boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
e-leaming va m-leaming texnologiyalari asosida korporativ o‘qitishni tashkil qilish va korporativ ma’lumotlar bazasini rivojlantirish;
ilmiy va o‘quv faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlami takomillashtirish.
Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi pedagogik faoliyatda:
mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasini egallashi;
oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv
fanlari bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish mahoratiga ega bo‘lishi;
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish;
mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlami o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlami tayyorlash va rasmiylashtirish;
mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘qitishning texnik va kompyuter vositalaridan foydalanish;
mustaqil ta’lim va ijodiy izlanish natijasida o‘qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi yangi shakl, metodlar vositalami o‘zlashtirish va o‘z- o‘zini rivojlantirish;
2.170110602-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistrlaming kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Umumiy kompetensiyalar:
ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish;
ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish;
milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o4z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi, milliy g‘oyaning nazariy asoslami anglagan holda “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g‘oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g‘oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilish;
tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasawurga ega bo‘lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;
shaxsning inson, jamiyat, atrof muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlami kasbiy faoliyatida qo‘llay olish;
yangi bilimlami mustaqil o‘zlashtira olishi, takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;
o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilish;
o‘z faoliyatida me’yoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilish;
|
| |