|
Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari
|
bet | 1/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,07 Kb. | | #228965 |
Bog'liq Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari-fayllar.org
Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari
Reja
Xalqaro jamoani boshqarishning mas’uliyati.
Xalqaro menejerning vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlovchi qobiliyati.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish omillari.
Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatlarda inson resurslarini boshqarishdagi farqlar.
Xalqaro menejer odatda bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi rahbardan ko’ra kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi. Eng avvalo u qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida faoliyat ko’rsatishga moslashishi hamda o’z korporatsiyasi aktivlarini yo’qotish imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek qabul qiluvchi mamlakat hukumati yoki raqobatchilar xatti-harakatlari sababli bozordagi o’z ulushining qisqarishiga qarshi choralar ko’rishi kerak. Bundan tashqari, u yuqori martabali hukumat a’zolari bilan muloqotlar olib boradi va demak, siyosatchilar va diplomatlarga zarur bo’lgan qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak. U o’z xorijiy faoliyati va xususan qaror qabul qilish jarayonida ikkita asosiy savolga: 1) Kim bilan ish olib borayapman? 2) O’z xorijiy sherigimdan nima kutishim mumkin? degan savollarga javob topish uchun chet ellik sheriklar to’g’risida to’la axborotga ega bo’lishi zarur. Bunda sheriklar bilan to’g’ridan-to’g’ri vositachilarsiz ishbilarmonlik munosabatlari o’rnatishga harakat qilishi lozim.
Xalqaro menejer vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlovchi qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
xorijiy davlat sharoitlariga tez moslasha olish;
xalqaro tafovutlarni e’tiborga olib fikrlay olish va ish manfaati yo’lida ularni yengish;
yaratuvchan tashabbus;
oldindan ko’zlangan reja bo’yicha harakat qilish;
chet ellik sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va kompaniya manfaatlarini himoya qilishda qat’iyat;
|
| |