|
Қишлоқ хўжалиги корхоналарида меҳнатга ҳақ тўлашни хуқуқий тартибга солиш
|
bet | 1/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 75 Kb. | | #125082 |
Bog'liq ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти
Korxonada mehnatga haq toʻlash tizimi .
Reja:
1. Korxonalarda mehnatga haq to`lash tushunchasi, asosiy tamoyillari va xususiyatlari.
2. Korxonalar xodimlariga kafolatli va kompensatsiya to`lovlari to`lash.
3. Korxonalar rahbarlari mehnatiga haq to`lash tartibi
1. Korxonalarda mehnatga haq to`lash tushunchasi, asosiy tamoyillari va xususiyatlari.
Respublika aholisining, shu jumladan mehnatga yaroqli bo`lgan aholining ham 60 % ko`prog`i qishloq joylarida istoqomat qilishi bozor munosabatlariga o`tishning murakkab sharoitlarida ularni ish hamda tirikchilik o`tkazish manbai bilan ta`minlash vazifasini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy barqaror sharoiti uchun dolzarb qilid qo`ymoqda.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mehnatning miqdori va sifatiga yarasha eng ko`p miqdori cheklanmagan holda ish haqi olish, kamsitilmaslik huquqi asosiy iqtisodiy asosiy iqtisodiy huquqlardan biri sifatida e`tirof qilingan. Ushbu konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish yo`llari Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlarida mustahkamlangan. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasiga ko`ra, mehnatga haq to`lash tizimi o`z ichiga xodimning bajargan ishiga munosib ish haqi to`lash masalalariga oid bo`lgan, Mehnat kodeksi, boshqa qonun hujjatlari, lokal me`yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat munosabatlari tizimidan iboratdir.
Ish haqi odatda pul shaklida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa belgilab qo`yilgan tartibda natura holida ham amalga oshirilishi mumkin.
Mehnat qonunchiligi yollanib ishlovchi xodimlarga ish vaqti normasi va o`z xizmat burchlarini bajargani taqdirda belgilab qo`yilgan eng kam ish haqi olishlarini kafolatlaydi. Bunday kafolat mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchi xodimlarga berilgan. Mukofot, ustama va qo`shimcha haqlar eng ish haqi tarkibiga kirmaydi.
Eng kam ish hashi jamoa shartnomasi yoki kelishuvlarida ayrim tarmoq, kasb, tashkilot xodimlari uchun nazarda tutilgan tarif stavkasining eng kam miqdori bilan adashtirb yubormasligi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 30 iyulda 788-son bilan ro`yxatga olingan «Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi to`g`risidagi yo`riqnoma»ga ko`ra korxonada yollanib ishlayotgan, shuningdek mulk paylariga ega bo`lgani (ishlayotgan mulkdor) holda korxona tarkibida hisobga olinuvchi shaxslarga ish haqi to`lanishi lozim.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida yollanish asosida yoxud a`zo bo`lgani holda mehnat qilayotgan shaxslar mehnatga haq to`lash amalga oshiriladi.
Yollanib ishlovchi xodimga Mehnat kodeksi, boshqa mehnat qonunchiligi aktlari, lokal me`yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasining shartlariga ko`raish haqi to`lanadi.
Korxona mol-mulki va mablag`larining bir qismiga egalik qiluvchi xodimlarga ularning bajargan ishiga ko`ra ish haqi to`lanadi va ayni paytda ular korxona olgan foyda (daromad)dan ham o`zlariga tegishli bo`lgan ulushni olishga haqli bo`ladilar. Korxona mulkdorlari tarkibiga kiruvchi shaxslar mehnatiga haq to`lashning shartlari qishloq xo`jalik korxonasi ichki lokal hujjatlari (kooprerativ (shirkat xo`jaligi) Ustavi, boshqaruv organining (Umumiy majlis yoki boshqaruv) Qarori va boshqa hujjatlar bilan belgilanadi.
Ayni paytda shuni ham ta`kidlash lozimki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xo`jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to`g`risida»gi hamda 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo`nalishlarito`g`risida»gi farmonlariga ko`ra fermer xo`jaligida a`zo (mulkiy xissasi bo`lgan) sifatida mehnat qilayotgan shaxslar bilan ham (shu jumladan, fermer xo`jaligi rahbarining oila a`zolari bilan) mehnat shartnomasi tuzilishi, ularga Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonunchiligi hujjatlarida belgilangan kafolatlar (shu jumladan, mehnatga haq to`lash yuzasidan ham) ta`minlanishi lozim.
Davlat qishloq xo`jaligi korxonalarida mehnatga haq to`lash Mehnat qonunchiligi, lokal me`yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida yollanib ishlovchi xodimlar va ulrag tenglashtirilgan shaxslarga vaqtbay (sarflangan vaqt normasiga muvofiq) yoki ishbay (mahsulot yoki bajargan ish birligiga ko`ra) ish haqi to`lash tizimi joriy qilinishi mumkin. Vaqtbay yoki ishbay ish haqi to`lanadigan ish joylari, kasb, lavozim, vazifalar ro`yxati qishloq xo`jalik korxonasi jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal me`yoriy hujjatlarida nazarda tutib qo`yiladi.
|
| |