|
Korxonalar rahbarlari mehnatiga haq to`lash tartibi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 75 Kb. | | #125082 |
Bog'liq ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти3. Korxonalar rahbarlari mehnatiga haq to`lash tartibi
Qishloq xo`jalik korxonalari rahbarlari mehnatiga haq to`lash paytida ushbu korxonadagi mavjud mulkchilik shakli, xo`jalik yuritish usuli, korxonaga rahbarlik qilayotgan shaxslarning huquqiy maqomi kabi bir qator omillarning ahamiyati kattadir.
Davlat qishloq xo`jalik korxonalari (o`rmon, baliqchilik, qo`riqxona va boshqa xo`jaliklar, tajriba va tadqiqot uchastkalari va hokazolar) rahbarlari mehnatiga haq to`lash davlatning vakolatli organlari (O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va boshqalar) tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari, mansab maoshlari tizimlari, boshqa me`yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda davlat qishloq xo`jalik korxonalari rahbarlarini mukofotlash, moddiy rag`batlantirish shartlari va tartiblari ham belgilab qo`yilishi mumkin.
Nodavlat mulkchiligiga asoslangan qishloq xo`jalik korxonalarini, O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasida korxonalar to`g`risida»gi qonuni 15-moddasiga ko`ra, bevosita o`zi yoki o`zi vakil qilgan organ orqali, shu jumladan korxona rahbari lavozimiga ishga yollash asosida tayinlangan shaxs orqali boshqarish mumkin deyilgan. Bunday holda korxona mulkdori bilan korxona lavozimiga ishga yollanayotgan shaxs o`rtasida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuziladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari, qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) yoki boshqa xo`jalik yuritish shakliga asoslangan qishloq xo`jalik korxonalariga rahbarlar va mutaxasislar ana shunday mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ham tayinlanishlari mumkin. Ana shunday hollarda rahbar va mutaxassislar mehnatiga haq to`lash tegishli qonunlar, qishloq xo`jalik korxonasi ustavi, korxona a`zolari umumiy yig`ilishi qarorlariga muvofiq ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlariga asosan amalga oshiriladi, Bunday mehnat shartnomalarida to`lanadigan ish haqi mikdori, ustama haqlar, mukofotlar va boshqa rag`batlantiruvchi to`lovlar shartnoma (kontrakt) taraflarining o`zaro kelishuvlari asosida belgalanadi va eng ko`p miqdor bilan chegaralanmagan. Bu to`lovlarning miqdori korxona rahbari yoki mutaxassisning korxona idoralariga qo`shgan shaxsiy hissasiga, uning ish samaradorligiga, korxonaning xo`jalik-moliyaviy faoliyati yakunlariga bevosita bog`liq qilib qo`yilishi mumkin.
|
| |