O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK KO’RSATKICHLARI VA UNING
OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaygan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytildi.
2021 yilning yanvar-sentabr oylarida mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,6 mln kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan.
9 oyda rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatilgani aytiladi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254,0 ming kishiga kamaygan.
Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi 12,8 foiz bo‘ldi. Joriy yil yanvar-sentabr oylarida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4,3 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kishiga ortishi kuzatildi.
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi
Yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi orasida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi, deya xabar berdi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. 2019 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 9,1% ni tashkil etgan edi.
Ushbu ma’lumotlar Mehnat vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy markazi tomonidan mamlakatning 101 ta shahar va tumanlarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari asosida e’lon qilindi. Unda 490 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 4900 ta uy xo‘jaliklari va 25,9 ming fuqaro qamrab olingan.
«COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
Ishga muhtoj bo‘lganlar soni 1,94 mln kishini tashkil etdi. 16−30 yoshdagi ishsizlik darajasi 20,1 foizga, ayollar orasida 17,4 foizga yetdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehnat resurslari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paydi va 19 mln kishini tashkil etdi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga COVID-19 ning salbiy ta’siri sababli ish bilan band bo‘lganlar soni 5 foizga kamayib, 12,7 mln kishiga yetdi.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaygan holda 5,5 million kishini tashkil etdi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming kishiga (46,4%) kamaydi. Bu holat koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralar natijasida yuzaga keldi, deb ta’kidladi Mehnat vazirligi. Shu bilan birga, 131,2 ming kishi pullik jamoat ishlariga jalb qilinganligi sababli rasmiy sektorda ishchilar sonining keskin kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Chet elga ishlashga ketgan fuqarolar soni 2 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 553,2 ming kishiga va 2020 yilning birinchi choragiga nisbatan 232 ming kishiga kam.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar soni (chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlaridan tashqari) 2019 yil oxiriga nisbatan 2,1% ga yoki 105,3 ming kishiga kamaydi va 5,1 million kishini tashkil etdi. Bu bir martalik va mavsumiy ishlarda vaqtincha ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi (108,4 ming kishiga), oilaviy korxonalarda va ishbilarmonlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan (87,4 ming kishiga), shuningdek ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgan tadbirkorlar sonining qisqarishi (110,6 ming kishi) hisobiga yuz berdi, izohladi Mehnat vazirligi.
Karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortdi.
«Tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda», — deyiladi xabarda.
Birinchi yarim yillikda iqtisodiy nochor aholi soni 4,5 foizga o‘sdi. Tadqiqot davomida karantin davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi, deya qayd etdi vazirlik.
Yanvar-iyun oylarida, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumshatish uchun, mehnat organlari 588,2 ming ishsiz va ishsiz fuqarolarga (shulardan 159,9 ming nafari 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, 229,4 ming nafari ayollar) ish bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatdilar.
Xususan, doimiy ish joylariga ishga joylashish va pullik jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga 501,1 ming kishi ish bilan ta’minlandi. 15 ming ishsiz kasbiy ta’limga yuborildi, 27,1 ming ishsizga 10,1 mlrd so‘m miqdorida ishsizlik nafaqalari to‘landi.Biz mamlakatimizda ishsizlik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik muammosi bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaymiz. Fuqarolar bandligini to‘liq ta’minlash va mehnatga munosib haq to‘lash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozori infratuzilmasining muvozanatlanganligi va rivojlanishiga erishish, ishsizlik darajasini qisqartirish mamlakat ijtimoiy-ig‘tisodiy rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Biz “Tadbirkorlik — aholi bandligining garovi!” g‘oyasi hayotimizga to‘liq joriy etilishiga intilamiz va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi amaliyotini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Partiyamiz mazkur yo‘nalishda ish o‘rinlari zaxirasini yaratish, aholi, jumladan, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa toifalari, eng avvalo, yoshlarni ishga joylashtirishda yangi usullardan foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, real ish haqi barqaror o‘sishiga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini taklif etmoqda.
Kichik biznes va fermerlikni ish o‘rinlarini yaratuvchi generator sifatida izchil qo‘llab-quvvatlaymiz. Oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo‘jaligi va xususiy tadbirkorlikni aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar oilaviy byudjeti daromadlarini o‘stirishning eng samarali shakllaridan biri sifatida ko‘ramiz. Shu ma’noda, ishga layoqatli aholi uchun ularning mehnatga doir va tadbirkorlik faolligini yuzaga chiqarish, ishchi kuchining sifatini yaxshilash, bozor talablarini hisobga olib, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo‘jaligi va xususiy biznes bilan mashg‘ul fuqarolarning zamonaviy mashina, uskuna, xom ashyo va materiallar xarid qilishi uchun moliyaviy resursdan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash, ularga marketingni o‘rgatish, kasanachilik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarilishini tashkil etish maqsadida buyurtmachilarni izlash hamda bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishi uchun tadbirkorlikning boshqa sub’ektlari bilan kooperasiyaga kirishishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni izchillik bilan davom ettiramiz.Ma’lumki, keyingi yillarda yurtimizda tashqi mehnat migrasiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolar huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordami ko‘rsatish va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilayotganiga qaramay, yangi ish o‘rinlari tashkil etishda davlat buyurtmalarini ishlab chiqish, ayniqsa, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlami uchun ish joylari kvotasini belgilash, aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirishda qator muammolar mavjud.
Ularni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining amaliy takliflari asosida davlatimiz rahbarining 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjatda fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish, ular huquqlarini himoya qilish mexanizmini kuchaytirish, mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar ko‘zda tutilgan.
Shunga muvofiq, mehnat migrantlariga bir yil muddatga so‘raladigan hujjatlar minimal paketi (pasport, ariza, mehnat organi iltimosnomasi) garov ta’minotisiz, uni tezlashtirib, bir bank ish kuni davomida berishni rasmiylashtirish ma’qullandi. Shuningdek, xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatni to‘lash uchun 2 million so‘m miqdorida mikroqarz berish tizimi joriy etilmoqda. Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, endilikda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun xorijga jo‘nash istagini bildirgan shaxslarga onlayn rejimida ishga joylashish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida axborot berib boriladi, uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko‘p kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratiladigan bo‘ldi.
Biz saylovoldi dasturimizda aholining to‘la bandligini ta’minlash va mehnatga munosib haq to‘lash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishsizlik darajasini qisqartirish kabi o‘ta muhim vazifalarni belgilab olganmiz.
Partiya kelgusi faoliyati davomida O‘zbekistonning xalqaro ishchi kuchi bozoriga bosqichma-bosqich kirib borishi, mehnat migrasiyasi jarayonlarini tartibga solish, o‘z uyi, oilasini tashlab uzoq yurtlarda daromad topish maqsadida ishlayotgan yurtdoshlarimiz haq-huquqlari, qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, jamiyatda ularga nisbatan bildirilayotgan har qanday salbiy munosabat va fikrlarga qarshi turish hamda davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir “Mehnat migrasiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish tashabbusini ko‘rsatmoqda.Bugungi kunda ishsizlikka qarshi kurash juda murakkab hodisa. Ko'pchilik o'z kuchlaridan foydalanib, bu bilan engishmaydi. Bir yo'li Internetda pul ishlashdir. Masalan, Forex bozori ma'lum bir daromad olish imkoniyatini beradi (maxsus bilimlar mavjud bo'lganda) yoki mijozlarni tovarlar yoki xizmatlarga jalb qilish uchun ishlaydi. Hamkorlik dasturi - bu Internetda pul ishlashning yana bir usuli. Turli shaharlardagi va turli xil profillardagi keng vakansiyalar taqdim etiladigan mehnat bozorida ko'plab rezyume va takliflarning ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda ish qidirish.
Ishsizlikka qarshi kurashda hukumatga katta e'tibor berilishi kerak. Axir, ushbu muammolarga olib keladigan mamlakat darajasidagi iqtisodiy shart-sharoitlardir.
Bular quyidagi tadbirlarni o'z ichiga olishi mumkin:
- xodimlarning malakasini oshirish yoki ularni qayta tayyorlash;
- yangi ish o'rinlarini yaratish, shu jumladan jamoat ishlarini tashkil etish, yangi korxonalarni ochish va eski ishlab chiqarishni tiklash;
- bandlikka ko'maklashish markazlarida ro'yxatdan o'tish va ishga joylashishda yordam berish;
- ish o'rinlarini saqlash, korxonalarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida;
- ishdan bo'shatishning asosliligini, ayniqsa eng zaif guruhlar uchun (kasbiy tajribasi past, ma'lum bir yoshda, bolali onalar, homilador ayollar) nazorat qilish;
- Mehnat taqchilligi bo'lgan joylarga, ish joylari mavjud bo'lgan taqdirda,
- tashrif buyurgan fuqarolar oldida ishlarni mahalliy aholi foydasiga qayta taqsimlash.Boshqacha aytganda, ishsizlik muammosi juda dolzarbdir. Davlat har doim o'z fuqarolarining yordamiga murojaat qilmaydi, chunki bu choralarning barchasi qonun bilan belgilanishi mumkin, ammo ularga rioya qilinmaydi. Shuning uchun, ish joyini izlash va tanlash har doim odamning o'ziga duch keladi. Harakatlardagi qat'iyatlilik va izchillik, albatta, u munosib ish topishiga sabab bo'ladi.
"Davlatning ishsizlikka qarshi kurash vositalari"
1. Ish bilan ta'minlash va ishsizlik: nazariya va amaliyot
2. Mehnat bozorida bandlikni faol siyosati ................. 7
3. Ish bilan ta'minlashni rag'batlantirishning asosiy usullari ......... 10
4. Bandlik va ishsizlik sohasidagi ijtimoiy islohotlar dasturi
Bandlik va ishsizlik:
nazariya va amaliyot
Aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflovchi eng muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va shartlarga bandlik kiradi. Bandlik deganda mehnatga layoqatli aholining katta yoshdagi (16 yoshdan katta) ish bilan ta'minlanganligi tushuniladi.
Ish bilan ta'minlash muammosi odamlarni mehnat faoliyatiga jalb qilish va ularning ish bilan ishlashga bo'lgan ehtiyojini qondirish darajasi. Ammo hamma mehnatga layoqatli odamlar ish topmaydilar va ishsizlar ham bor. Rossiya Federatsiyasining ish bilan ta'minlash to'g'risidagi yangi qonunlariga binoan ishsizlar - bu ish bilan bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ish va daromad (mehnat daromadlari) ga ega bo'lmagan, ish bilan ta'minlash bo'yicha davlat xizmatida ish izlovchi sifatida ro'yxatga olingan va ishlash uchun tayyor bo'lgan va bu kim uchun ishlaydigan yoshdagi fuqarolar. xizmat munosib ish taklif qilmadi. Ya'ni, pensiya yoshiga etmagan, o'zlariga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ish haqini yo'qotgan mehnatga layoqatli fuqarolar ishsiz deb hisoblanadi. Bundan tashqari, ulardan faqat bandlik xizmati ish bermaganlargina.
Ishsizlik (xoh u ishqalanuvchi, ham tarkibiy yoki davriy bo'lsin) ishsiz va uni izlashda bo'lgan mehnatga qobiliyatli kattalar soni sifatida tavsiflanadi. Ish bilan ta'minlanganlar va ishsizlarning umumiy soni ishchi kuchidir. Ishchi kuchiga ishlaydigan va ishlaydigan, uy ishlarini bajaradigan, mustaqil ish olib boradigan, ish qidiradigan har kim kiradi. Bu, albatta, yoshiga qarab ishlab chiqarishga kirmagan (yoki ishlamagan) yoki yoshi bo'yicha nafaqaxo'rlarni, shuningdek yoshlarni (maktab o'quvchilari, talabalar), nogironlarni va harbiy xizmatchilarni o'qiydiganlarni o'z ichiga olmaydi. Qisqasi, ishlamagan va bo'lmasligi kerak bo'lganlar, shuningdek ish izlamaganlar ham. Xulosa shundan kelib chiqadi: butun mehnatga layoqatli aholi imkonsiz bo'lgan vaziyatga erishish. Oxir oqibat, ba'zilari ishchi kuchiga kirishadi, boshqalari tarkibi tark etadi, boshqalari ishdan bo'shatiladi yoki ishdan bo'shatiladi, to'rtinchisi ish izlamoqda, ya'ni. normal mehnat harakati mavjud bo'lib, ularning ba'zilari bir muncha vaqt ishsiz qoladi. Masalan, AQShda har yili ishchi kuchining 1/5 qismi ish joylarini o'zgartiradi. Tsiklik ishsizlik yo'q bo'lganda ish bilan bandlik to'liqligicha qoladi: to'liq ish bilan ta'minlash uchun ishqalanish va tarkibiy ishsizlik hisobga olinmaydi. Shunday qilib, to'liq bandlik ishsizlik bo'lmaydi degani emas.
G'arb adabiyotida odatdagidek, to'liq ish bilan band bo'lganda tabiiy ishsizlik darajasi ishqalanish va tarkibiy ishsizlikning yig'indisiga teng bo'lishi bejiz emas.
Ishsizlikni hisoblash uchun turli xil ko'rsatkichlardan foydalaniladi, ammo ishsizlik darajasi, shu jumladan Xalqaro mehnat tashkilotida ham qabul qilinadi. Bu ishsizlarning umumiy sonining foiz sifatida ifodalangan ishchilar soniga nisbati sifatida aniqlanadi. G'arb iqtisodchilari ishsizlikning tabiiy darajasi 5-6 foizni tashkil qilishi tabiiy va muqarrar. Agar ishchi kuchining bandligi 94-95% ni tashkil etsa, bu mehnatga layoqatli aholining to'liq bandligini ta'minlashdir.
Mamlakatimizda bandlik muammosiga kelsak, davlat hamma uchun ish kafolati berish majburiyatidan xalos bo'ldi. Kompensatsiya sifatida ishsizlarning holati aniqlandi, ishsizlarni ro'yxatga olish ochildi, nafaqa to'lash boshlandi, qayta tayyorlash tashkil etildi.
Rossiya Federatsiyasida bandlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida mamlakatning har bir fuqarosi qonunga zid bo'lmagan har qanday ijtimoiy foydali faoliyat turini ixtiyoriy ravishda tanlash, ish joyini va turini erkin tanlash huquqiga ega, ya'ni. ixtiyoriy mehnatning demokratik printsipini e'lon qiladi. Odamlarni ishlashga ma'muriy majburlash taqiqlanadi. Hozirgi kunda qonuniy ijtimoiy tan olingan ish shakllari sifatida qonunlashtirilgan: uyda, uy sharoitida ishlash, bolalarni tarbiyalash, keksalar va nogironlarga g'amxo'rlik qilish va boshqalar.
Shaxsiy mehnat va tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarishdagi mehnat kabi bir xil tan olingan shakllar maqomiga ega bo'ladi. Qonunda Rossiya fuqarolarining chet eldagi kasbiy faoliyati ko'zda tutilgan.
Teng erkinlik, yarim kunlik ish, vaqtinchalik ish, bandlikning epizodik shakllari, egiluvchan, surma jadvali asosida ishlash kerak. Mehnatni tashkil etishning turli shakllarining tub ahamiyati shundan iboratki, ularni ozod qilish, erkinlik va moslashuvchanlik bozor iqtisodiyotining ruhi va tamoyillariga mos keladi.
Bandlik to'g'risidagi qonun hujjatlari kasbga, ish stajiga, yoshga, yashash joyiga qarab, mehnat qilish huquqining barcha kafolatlarini va odamlarga munosib ish taklif qilish (ta'minlash) choralarini o'z ichiga oladi.
Keling, bandlikni davlat tomonidan tartibga solishning jahon tajribasiga to'xtalib o'tamiz. Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlarga har xil ijtimoiy yordam turlari, shuningdek har xil subsidiyalar keng qo'llaniladi.
Bandlik sohasidagi davlat tomonidan tartibga solishning ta'siri quyidagi asosiy yo'nalishlarda namoyon bo'ladi:
1) bandlik o'sishini rag'batlantirish va davlat sektoridagi ish o'rinlari sonini ko'paytirish dasturlari,
2) ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari;
3) bandlikni oshirish dasturlari.
Davlat subsidiyalari yarim vaqtda yoki yarim vaqtda ishlashni rag'batlantiradi.
Ishsizlikni kamaytirish uchun "erta" pensiya amal qiladi. Masalan, AQShda, 80-yillarda. pensiya yoshidagi shaxslarning 23 foizida mehnat faoliyati muddati qisqartirildi. Angliyada erta nafaqaga chiqish orqali 750 ming ish o'rni yaratildi. Ijtimoiy yordamga kelsak, u bir necha usul bilan amalga oshiriladi: ishsizlik nafaqalari, moddiy yordam va moddiy yordam.
Ishsizlik nafaqalari. Bu eng katta moddiy yordam. Bu mehnat birjasida ro'yxatdan o'tgan, ma'lum bir ish stajiga ega bo'lgan va ishsizlik fondiga hissa qo'shgan shaxslar tomonidan qabul qilinadi. Aytgancha, ishsizlikni sug'urta qilish jamg'armasi uchta manbadan shakllantiriladi: tadbirkorlarning majburiy badallari, xodimlarning o'zlari tomonidan kiritilgan badallar va byudjet subsidiyalari. Shunga qaramay, ishsizlik bo'yicha nafaqa eng kam ish haqini ta'minlamaydi. Turli sabablarga ko'ra, qoida tariqasida, ishsizlarning yarmidan ko'pi nafaqa olmaydi. Bundan tashqari, ishsizlik bo'yicha nafaqa olish muddati cheklangan: Germaniyada - 100 hafta, Yaponiyada - 40, AQShda - 30.
2. Naqd pul bilan ta'minlash. Bu ishsizlarga moliyaviy yordam berishning ikkinchi bosqichidir. Ba'zi mamlakatlarda u belgilangan stavka (masalan, Frantsiyada), boshqalarida esa ishsizlik nafaqalari singari daromadning ma'lum qismini tashkil etadi (masalan, Germaniyada bu taxminan 60%). Ba'zi mamlakatlarda, xususan AQSh va Yaponiyada, pul mablag'lari bilan ta'minlanmaydi. Ishsizlik nafaqalaridan farqli o'laroq, pul bilan ta'minlash qisman, bir martalik.
3. Moddiy yordam.
a) Agar u yoki u biron bir sababga ko'ra ishlamasa va ishlamasa:
b) imtiyozlar va naqd yordam olish;
c) nafaqa olish muddati tugagan, davlat ishsizlarga va uning oilasiga mablag 'ajratadi: pul, kommunal to'lovlar: qisman ijara haqi to'lanadi, oziq-ovqat markalari beriladi va hokazo. Bularning barchasi, hech bo'lmaganda, tirikchilik uchun ishsizlarni qo'llab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi.
|