|
ASOSIY QISM
2.1 Neft va neft fraksiyalarini sanoatda qayta ishlash kimyoviy jarayonlari
|
bet | 5/13 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #117301 |
Bog'liq Neftni fraksiyalarga ajratish texnologiyasining issiqlik texnik1ASOSIY QISM
2.1 Neft va neft fraksiyalarini sanoatda qayta ishlash kimyoviy jarayonlari
Neftni qayta ishlash sanoatida eng zarur neft mahsulotlarini olish uchun va ularning siafatini oshirishda kimyoviy jarayonlar keng qo`llaniladi. Kimyoviy jarayonlarni qo`llash ilk neftdagi miqdoridan 1,5-2 marta ko`p bo`lgan miqdorda rangsiz neft mahsulotlarini olish bilan boradigan neftni chuqurroq qayta ishlashni ta'minlaydi.
Kimyoviy jarayonlar ko`pincha neft kimyoviy ishlab chiqarishlar uchun xomashyo olishga imkon beradi. Masalan, to`yinmagan uglevodorodlar - etilen, propilen, butilenlar, butadien; aromatik uglevodorodlar - benzol, toluol, etilbenzol, ksilollar, izopropilbenzol va boshqalar. Bunday xomashyo bazasida plastmassalar, sintetik kauchuklar, sintetik tolalar, yuvish vositalari va boshqa qimmatli mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda
Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum haroratgacha qizdirib, tarkibidagi uglevodorodlarni bug’ holatga o’tkazib, keyin sovutish natijasida suyuq holatga ya’ni distillyatlar va qoldiq hosil qilishdir. Haydash vaqtida qaynash haroratlari bilan farq qiladigan ikki komponentdan tashkil topgan aralashma t1 qaynash haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan mahsulot bug’lanadi va tizimdan chiqarilib sovutiladi.
Distillyat va qoldiqni toza holda ajratib olish uchun haydash jarayonini bir necha marta qaytarish kerak. Buning uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi. Rektifikatsiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan jihozlangan kolonna tipidagi vertikal silindrik shakldagi qurilmada olib boriladi. Rektifikatsiya jarayonida qarama-qarshi harakatlanayotgan bug’ va suyuq fazalar ko’p marta birbirlari bilan to’qnashadi, bug’ faza past haroratda qaynaydigan komponent bilan, suyuq faza yuqori haroratda qaynaydigan komponent bilan boyitiladi.
Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida, qoldiq qismi esa vakuumda haydaladi. Haydashdan hosil bo’lgan distillyatlar tarkibidan engil komponentlarni ajratish uchun “o’ta qizdirilgan bug’” aralashtiriladi. Suv bug’ining sarfi atmosfera kolonnasi uchun neftga nisbati 1,5-2,0 % (mass), bug’latuvchi kolonnada esa 2,0-2,5 % (mass) ni tashkil etadi.
Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan neftdan yoki neft aralashmasidan to’rt distillyatli fraktsiyaga va qoldiq mazutga ajratiladi. Uglevodorodli gazlar va vodorod sulfidli gazlar yonaki mahsulot hisoblanadi. Qurilmaning texnologik sxemasi yuqoridagi 4-rasmda tasvirlangan.
Xom-ashyo ikki karra bug’latishda ikki kolonnali (birinchisi oddiy, ikkinchisi murakkab) qurilma texnologik tizimini ko’rib chiqamiz. Neft birinchi rektifikatsion kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha oqimda issiqlik almashtirgichlarda 200-2200C haroratda qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori mahsulotlari engil benzin va kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan distillyatlar ikkinchi kolonnada olinadi. Har ikkala kolonna uchun umumiy holda quvurli pech xizmat qiladi.
Oddiy kolonna yuqorisidan ajraluvchi engil benzin bug’lari (oxirgi qaynash harorati 1600C gacha bo’lgan fraksiyalar) 3-havoli sovutgichda kondensastiyalanadi, so’ngra kondensat va gazlar 4-suvli sovutgichda sovutiladi va 5-gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7-nasos yordamida barqarorlashtirish blogiga yoki ikkilamchi haydashga yuboriladi. Engil benzin bir qismi 2-kolonna yuqori tarelkasiga sovuq sug’orish sifatida qaytariladi. Qisman benzinsizlantirilgan neft 2-kolonna pastki qismidan 1-nasos yordamida 6-zmeevikli pechga kiritiladi. Pechda bug’-suyuqlik holatida (330-360 0C) qizdirilgan neft asosiy 14rektifikatsion kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi 2kolonnada restirkulyat sifatida qo’llaniladi. Kolonna yuqorisidagi mahsulot benzin fraksiyasi bo’lib, uni 2-kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz og’irdir. 14-kolonna bo’ylab chiqayotgan benzin bug’lari, shuningdek, suv bug’lari 15-havoli sovutgichda kondensatsiyalanadi. 16-suvli sovutgichdan so’ng 17-gaz separatorida gaz, benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraksiyasi 22- nasos yordamida ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa 14-kolonnani yuqori tarelkasiga “sovuq sug’orish” sifatida qaytariladi.
|
| |