• Termogazoyl Termogazoyl texnik uglerod ishlab chiqarishda xomashyodir. Kreking qoldiq
  • Uglevodorod gazi
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 0,65 Mb.
    bet8/13
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,65 Mb.
    #117301
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Neftni fraksiyalarga ajratish texnologiyasining issiqlik texnik1

    Kreking - benzin
    Benzin quyi kimyoviy stabilligi va yuqori bo`lmagan oktan soni (66 - 68 motor usuli bo`yicha) bilan xarakterlanadi.
    Kreking benzinini avtomobil benzini komponenti sifatida ishlatish uchun uni qo`shimcha stabillash lozim.
    Kerosin-gazoyl fraksiyasi
    Kerosin gazoyl fraksiyasi (200-3500C) flot mazutining qimmatli komponentidir. U gidrotozalangandan so`ng dizel yoqilg`isi komponenti sifatida ham qo`llanilishi mumkin.
    Termogazoyl
    Termogazoyl texnik uglerod ishlab chiqarishda xomashyodir.
    Kreking qoldiq
    Kreking qoldiq (3500C dan yuqori fraksiya) qozon yoqilg`isi sifatida ishlatiladi. U to`g`ridan-to`g`ri haydab olingan mazutga nisbatan yuqoriroq yonish issiqligiga va quyiroq qotish haroratiga va qovushqoqlikka egaligi bilan xarakterlanadi.
    Piroliz
    Uglevodorod xomashyosining pirolizi jarayoni asosan quyi alkenlarni olishga bag`ishlangan bo`lib, jarayon 700-10000C haroratda va atmosfera bosimiga yaqin bosimda olib boriladi.
    Etilen olish uchun optimal xomashyo etandir. Etilenning miqdori ushbu jarayonda 80% (mass.) ga yetadi. Etilenning ko`p miqdori propan pirolizida 47% (mass.) va butan pirolizida 45% (mass.) olinadi. Tarmoqlangan alkanlarning pirolizida ko`proq propilen hosil bo`ladi. Yuqori haroratda alken va metilatsetilenlar ham hosil bo`ladi. Quyi alkenlarning miqdori sikloalkan va arenlarning pirolizida yuqori emas
    Uglevodorod gazi
    Tarkibida ko`p miqdorda to`yinmagan uglevodorod bo`lgan termik - kreking gazi neft kimyosida neftkimyo xomashyosi sifatida ishlatiladi (jadvalga qarang).
    Termik kreking jarayonida maksimal miqdorda kreking - qoldiq (I) va termogazoyl (II) olishda hosil bo`ladigan mahsulotlarning miqdori (% da) quyida keltirilgan:

    Etilen ishlab chiqarish sanoat sharoitlarida asosan individual birikmalar emas, balki neft fraksiyalari ishlatiladi. Etilen bilan birgalikda C3-C4 alkenlar, ko`p miqdorda suyuq mahsulotlar ham hosil bo`lib, tarkibida alkenlar, sikloalkenlar, C5 va undan yuqori alkadienlar hamda C6-C8 arenlar va boshqa komponentlar hosil bo`ladi.
    To`g`ridan-to`g`ri haydab olingan benzin resurslari yetishmaganligi bois va narxlarning uzluksiz o`sishi oqibatida piroliz xomashyosi sifatida ko`pchilik davlatlarda kerosin gazoyl fraksiyasi (170-3800C) qo`llanilmoqda.

    Download 0,65 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 0,65 Mb.