• 2-rasm. Neftni qayta ishlash tenologik tizimi sxemasi. 3-rasm. “Qobiq trubali” issiqlik almashinish qurilmasi ko‘rinishi.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 0,65 Mb.
    bet9/13
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,65 Mb.
    #117301
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Neftni fraksiyalarga ajratish texnologiyasining issiqlik texnik1

    2.3 Neftni isitish jarayonini hisobi
    Issiqlik bilan ishlov berish neftni qayta ishlashni asosi bo’lib hisoblanadi. Shu orqali neftni turli fraksiyalarga ajratish mumkin bo’ladi.

    1-rasm. Noaniq mantiq asosidagi intelektual boshqarish tizimining funksional sxemasi.
    Yuqoridagi funksional sxemaga ko’ra boshqarish ob’yekti neftni qayta ishlash texnologik tizimidagi issiqlik almshinish qurilmasi bo’lib, rektifikatsion kolonnaning yuqori qismida hosil bo‘lgan benzin bug‘lari issiqlik almashinish qurilmasiga isituvchi agent sifatida qo‘llaniladi.Ushbu benzin bug‘lari aralash isituvchi agent bo‘lib, u kondensatsiyalanish paytida katta miqdorda issiqlik chiqaradi. Benzin bug‘larining qurilmada sovishi jarayoni murakkab qonuniyatlar asosida kechadi. Yuqori temperatuli benzin bug‘lari issiqlik almashgichga beriladi. Natijada neft xomashyosi isishni boshlaydi. Ushbu jarayon yuqoridagi chizmada keltirilgan.


    Neft turli uglevodorodlarning murakkab 250-315 ⁰𝐶 da kerosin-gazolinli fraksiyasi, 315-550 ⁰𝐶 da yog‘li fraksiyasi qaynaydi. Qoldiq asosan aralashmasidan iborat bo‘lgan suyuqlik 10 ⁰𝐶 temperaturada issiqlik almashinish qurilmasiga gudrondan iborat.
    Mana shu isitish jarayonini uzatiladi. Xom-shyo issiqlik almashinish qurilmasiga matematik modellashtirish yordamida murakkab kiritiladi isituvchi sirt orqali issiqlik uzatadi, masalalarni yechishga erishiladi. Ushbu texnologik tizimni taklif qilinayotgan boshqarish struktura sxemasi quyidagicha bo‘ladi.

    2-rasm. Neftni qayta ishlash tenologik tizimi sxemasi.

    3-rasm. “Qobiq trubali” issiqlik almashinish qurilmasi ko‘rinishi.
    Texnologik tizimning matematik modellashtirish murakkabligini hisobga olgan holda isituvchi agentning qurilmaga kirishdagi 𝑇2 temperaturasini o‘zgarmas deb shart kiritamiz. 𝑇2=const bo‘lgan holat uchun noaniq mantiqqa asoslanib neftni isitish jarayoni uchun matematik model yaratiladi. Energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, qurilmaga kiruvchi issiqlik energiyasining miqdori qurilmada sarf bo‘ladigan va chiqib ketadigan issiqlik energiya miqdoriga (tashqi muhitga ajralib chiqadigan issiqlik energiya miqdorini hisobga olmaganda) teng[6].
    𝑄 = 𝑄𝑘𝑖𝑟 − 𝑄𝑐𝑖𝑞 (1)
    bu yerda: 𝑄𝑘𝑖𝑟 va 𝑄𝑐𝑖𝑞lar mos ravishda qurilmaga kiruvchi va qurilamadan chiquvchi moddalarning issiqlik energiya miqdorlari.
    𝑄 = 𝐺 ⋅ 𝑐 ⋅ 𝑇 (2)
    𝑄𝑘𝑖𝑟 = 𝑄1 + 𝑄2 va 𝑄𝑐𝑖𝑞 = 𝑄3 + 𝑄4 (3)
    𝐺1 ⋅ 𝑐1 ⋅ 𝑇1+𝐺2 ⋅ 𝑐2 ⋅ 𝑇2=𝐺3 ⋅ 𝑐3 ⋅ 𝑇3+𝐺4 ⋅ 𝑐4 ⋅ 𝑇4 (4)
    𝐺1, 𝐺3- neft xomashyosining qurilmaga kirish va chiqishdagi sarfi, kg/s;
    𝐺2, 𝐺4- benzin bug‘larining qurilmaga kirish va chiqishdagi sarfi, kg/s;
    𝑇1 va 𝑇3 - neft xomashyosining qurilmaga kirish va chiqishdagi temperaturasi, ⁰𝐶;
    𝑇2 va 𝑇4 - benzin bug‘larining qurilmaga kirish va chiqishdagi temperaturasi, ⁰𝐶;
    𝑐1, 𝑐3 va 𝑐2, 𝑐4 lar mos ravishda xom-ashyo va isituvchi agentning qurilmaga kirish, chiqishdagi issiqlik sig‘imlari, ;
    Qurilmaga kirayotgan va chiqayotgan moddalarning issiqlik sig‘imlari c o‘zgarmaydi.
    Tenglama quyidagi ko‘rinishni oladi: 𝐺1 ⋅ 𝑇1+ 𝐺2 ⋅ 𝑇2= 𝐺3 ⋅ 𝑇3+𝐺4 ⋅ 𝑇4 (5)
    Matematik modellashtirish davomida neft xomashyosining sarfi (𝐺1) va temperaturasi (𝑇1) qiymati texnologik sxemada o‘rnatilagan ijrochi mexanizm holatiga qarab o‘zgaradi. Ijrochi mexanizm isituvchi agentni qurilmaga kirish joyida o‘natiladi va uning sarfini o‘zgartiradi. Modellashtirish uchun kirish parametrlari sifatida temperaturasi (𝑇1), shuningdek, qurilmaga kiruvchi mahsulot sarfi (𝐺1) bo‘ladi. Chiqish o‘zgaruvchisi esa isituvchi agent sarfi (𝐺2) bo‘ladi.
    Temperatura qiymatlari (𝑇1) quyidagi lingvistik atamalar bilan belgilanadi:
    TP–past, TO-o‘rtacha, TY–yuqori.
    Mahsulot sarfi (𝐺1) quyidagi lingvistik atamalar orqali ifodalanadi:
    GK–kam, GO-o‘rtacha, GP-ko‘p.
    Algoritmning chiqish o‘zgaruvchisi isituvchi agent sarfini (𝐺2) o‘zgartirish orqali mahsulotning qurilmadan chiqishdagi haroratining (𝑇3) belgilangan qiymatini ta’minlash uchun isituvchi agent sarfini (𝐺2) rostlash amalga oshiriladi va quyidagi lingvistik atamalarga mos keladi:
    IJK-juda kam, IK–kam, IO-o‘rtacha, IP-ko‘p, IJPjuda ko‘p.
    Noaniq mantiqqa asoslanib qaror qabul qilishning lingvistik atamalariga tayanib quyidagi jadval tuzildi (lingvistik atamalar yuqorida keltirilgan).

    4-jadval. Lingvistik qoidalar jadvali.
    Sarf (𝐺1) va temperatura (𝑇1) qiymatlarining isituvchi agent sarfiga (𝐺2) bog‘liqlik qoidalari (1-jadval asosida) quyidagicha shakllantirildi: agar 𝐺1=GK va 𝑇1=TP bo‘lsa, 𝐺2=IKP; agar 𝐺1=GO va 𝑇1=TP bo‘lsa, 𝐺2=IKP ; agar 𝐺1=GP va 𝑇1=TP bo‘lsa, 𝐺2=IJP; agar 𝐺1=GK va 𝑇1=TO bo‘lsa, 𝐺2=IO; agar 𝐺1=GO va 𝑇1=TO bo‘lsa, 𝐺2=IO; agar 𝐺1=GP va 𝑇1=TO bo‘lsa, 𝐺2=IK; agar 𝐺1=GK va 𝑇1=TY bo‘lsa, 𝐺2=IJK; agar 𝐺1=GO va 𝑇1=TY bo‘lsa, 𝐺2=IK;
    agar 𝐺1=GP va 𝑇1=TY bo‘lsa, 𝐺2=IJK ;
    Noaniq mantiq nazariyasidan foydalangan holda tizimlarni matematik modellashtirish masalalarini hal qilishda lingvistik o‘zgaruvchilar ustida katta hajmdagi operatsiyalarni bajarish kerak, bu ketma-ketlik tushunarli bo‘lishi uchun noaniq mantiq operatsiyalarni bajarishda standart uchburchak va trapetsiya funksiyalaridan foydalaniladi.. Ushbu uchburchak funksiyasi markazga tomon tortiladi ya’ni, izlanayotgan yechim uchburchakning markazidan olinadi. Chunki uchburchak ichida juda ko‘plab yechimlar mavjud, shuni inobatga olib optimal yechim sifatida uchburchakning o‘rtasidagi nuqta dastur tomonidan tanlab olinadi. Yakunda uchburchak funksiyasi isituvchi agent sarfi (𝐺2) qiymati aniqlaydi.
    Boshqarishning o‘ziga xosligi shundaki, oldiniga so‘zlar lingvistik atamalarga fazzifikatsiya qilinib olindi. Natija olingach bu jarayon defazzifikatsiya protsedurasi bilan aniqlanadi

    4-rasm. Rektifikatsiya qurilmasining sxematik diagrammasi. T-1 xom ashyo isitgichi; K-1 distillash ustuni; T-2 kondensatori (deflegmator); T-3 distillatli muzlatgich; T-4 vertikal termosifonli qozon; T-5 - qolgan muzlatgich.


    Download 0,65 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 0,65 Mb.