• «Transpor mashinalari» FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Transport mashinalarining tasnifi Guruh talabasi
  • Kirish: Asosiy qisim: Konchilik korxonalarida transport mashinalarining bajaradigan vazifalari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 126.34 Kb.
    bet1/2
    Sana23.09.2023
    Hajmi126.34 Kb.
    #83788
      1   2
    Bog'liq
    transport mashinalari
    19-PSIXOLOGIK-MASLAHAT-ZAMIRA-NISHANOVA-2010-Oquv-qollanma- (2), 63e12f517126f REAKTIV QUVVAT KOMPENSATSIYASI monografiya 02 02 2023, A,Navoiy, Oilada milliy tarbiya , 2. Amaliy mashg\'ulotlar (1)




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
    «Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi

    «Transpor mashinalari» FANIDAN

    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Transport mashinalarining tasnifi
    Guruh talabasi: 5a C – 19 K.E.M.
    Bajaradi: Abduraxmonov S.R.
    Tekshirdi: Annaqulov T.J.


    Olmaliq 2023


    Reja:


    Kirish:


    Asosiy qisim:



    1. Konchilik korxonalarida transport mashinalarining bajaradigan vazifalari.

    2. Transport mashinalarining umumiy guruhlari.

    3. Kar’yer transportining vazifalari.



    Xulosa:


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish sur’atini har tomonlama jadallashtirishda konchilik sanoatining xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda uning zaminida hali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral-xomashyo resurslari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh M Mirziyoyev ta’kidlashicha O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan.


    O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi, bu yerda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli Barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qo‘shilmoqda.
    Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy-gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zaxiralari bo‘yicha 10-11-o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda turadi. O‘zbekiston hududidagi ko‘mir zaxiralari 3 milliard tonnani tashkil qiladi. Undan 1 milliard tonnasi yuqori sifatli toshko‘mirdir.
    Foydali qazilmalarni qazib olish va ularni xalq xo‘jaligiga jalb etish mamlakatimizda islohotlar tobora yuqoriga ko‘tarilishi uchun salmoqli asos bo‘ladi.
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida 400 ga yaqin foydali qazilma konlari ishlatilmoqda. Bu konchilik korxonalari jumlasiga O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli noyob Qalmoqqir koni, Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiruvchi Muruntov koni, «O‘zbekko‘mir» aksionerlikjamiyatiga qarashli respublika ko‘mir konlari orasida eng noyob kon hisoblanadigan Angren ko‘mir koni va ko‘mirni yer osti usulida qazib olish boshqarmasi hamda ko‘plab neft va tabiiy gaz qazib chiqaruvchi korxonalar kiradi.
    Respublikamizning indisturial rivojlanishi konchilik sanoatini o‘sishi bilan uzviy bog‘liq. O‘z navbatida, konchilik sanoatini rivoji va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko‘payishi, yangi shaxta va karyerlarni ishga tushirish, eskilarini rekonstruksiya qilish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash,
    ilm-fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan amalga oshiriladi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
    Zamonaviy shaxta va karyerlar qudratli elektromexanik xo‘jalikka ega. Ular qatoriga kon transporti ham kiradi. Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biridir.
    Yer osti kon transporti sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan transportdan farqli xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, kon lahimlarining kesim yuzasi kichik bo‘lganligi uchun transport qurilmalarini ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi va ikkinchidan zaboy qazish joyining siljishiga qarab u yerda o‘rnatilgan transport qurilmalarini ham surib turish va shu bilan birgalikda zaboyga bevosita yaqin joylashgan lahimda o‘rnatilgan transport vositalari va jihozlarini vaqti-vaqti bilan uzaytirib yoki qisqartirib turishi lozim bo‘ladi. Bularning hammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruksiyasiga maxsus talablar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi. Karyerlar tashkil qilishda foydali qazilmalarni tashish uchun geotexnologik sharoitdan kelib chiqib bitta transport vositasini qo‘llash bilan loyihalanadi. Konlarda ishlab chiqarish ish unumdorligi oshishi bilan rudalarni tashish masofasi uzoqlashadi, ya’ni karyerlar chuqurligi oshadi va loyihalangan transport vositasining ish unumdorligi pasayib ketadi. Shunda rudalarni tashish masofasi va karyer chuqurligidan kelib chiqib quyi qismida avtomobil va yuqori qismida konveyer yoki temiryo‘l transportidan foydalaniladi. Bunday holat kombinatsiyalashgan deb nomlanadi. Kombinatsiyalashgan transportning keng tarqalgan uch turi mavjud bo‘lib, bular avtomobil-temir yo‘l, avtomobil-konveyer va avtomobil-skipli transportidir. Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarga kon korxonalarida tashiladigan to‘kma yuklar va yuk oqimlari hamda kon transportining asosiy turlari bo‘lmish konveyerlar, temiryo‘l va avtomobil transporti to‘g‘risida umumiy tushunchalar, ularning asosiy va yordamchi uskunalarining konstruktiv tuzilishlari va ishlatilish sohalari va samaradorligi hamda ekspluatatsiya qilish masalalari bo‘yicha bilim berishga mo‘ljallangan. Shu vaqtgacha mazkur fandan Davlat tilida chop etilgan adabiyotlar deyarli yo‘qligi va shu sababli mualliflarda yetarli darajada tajriba bo‘lmaganligi, texnik atamalarni qabul qilishdagi qiyinchiliklar tufayli o‘quv qo‘llanma ayrim kamchiliklardan xoli emas. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Muxandislik ishi“ soxasida o‘qitiladigan “Transport mashinalari” fani dasturi nazariy mehanika, amaliy mehanika, gidravlika va gidroyuritmalar, issiqlik texnikasi, kon ishlari va ishlab chiqarish tehnologiyalari, kon mashinalari fanlaridan olgan bilimlariga tayangan holda konchilik korhonalarida ishlatiladigan mashinalarning ishlash nazariyasi, ularning turlari, konstruktiv tuzilishlari va ularni ishlatishga bag’ishlangan bo‘limlardan tashkil topgan. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o‘rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
    Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruksiyali), o‘z og‘irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
    Uzlukli transport (yukni bo‘lak-bo‘lak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha g‘ildirakli yuk tashish vositalari, temir yo‘l transporti, alohida bo‘laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
    Karyer transporti – bu zaboydan qazib olingan kon massasini qabul qilish (boyitish fabrikasi qoplama jinsi ag‘darmasi va h.z) punktlargacha tashib beradigan vositalar majmuidir. Bu vositalar karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, ko‘p mehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlarning 45-50%, ayrim xollarda 65-70% transport xarajatlarini tashkil qiladi. Karyer transportida «yuk aylanmasi» va «yuk potogi» degan iboralar ishlatiladi.
    Temir yo‘l transportini yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t. va undan ko‘p) va tashish masofasi 4 km dan ko‘p bo‘lgan karyerlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Temir yo‘l transportini qo‘llanganda pog‘onalar ish frontining uzunligi katta (300-500 m va undan ortiq), poyezdning burilish radiusi kamida 100-120 m va yo‘lning ko‘tarilishi qiyaligi 20-30% gacha bo‘lishi talab qilinadi. Agar karyerlarda yangi, takomillashtirilgan yuk tortish agregatlar qo‘llansa, yo‘lning qiyaligini 40-60% gacha yetkazish mumkin. Bunda karyerlarda temir yo‘l transportini samarali qo‘llash chuqurligini 300-350 m.gacha yetkazishga imkon yaratiladi. Yuk tashish sostavlari (Lokomotiv va vagonlar) va relsli yo‘llar temir yo‘l transportining asosiy vositalari hisoblanadi. Karyerlardagi temir yo‘llar Statsioner (turg‘un) yoki vaqtincha xizmat qiluvchi turlarga bo‘linadi. Statsioner temir yo‘llar, asosan karyerning ishlamaydigan yon bag‘rida qoldirilgan transport bermalariga (supalariga) joylashtiriladi va uzoq muddat davomida xizmat qiladi. Vaqtincha xizmat qiluvchi temir yo‘l esa karyer ishchi yonbag‘ridagi pog‘onalar ishchi maydoniga qurilgan bo‘lib, pog‘ona ish fronti chizig‘i surilishi bilan, davriy ravishda yangi (pog‘ona ish fronti chizig‘iga yaqin) o‘zanga (joyga) surib boriladi. Lokomotiv sifatida elektrovoz, teplovoz va tortuvchi agregatlardan foydalaniladi. D-94, D-100 m, YEL-1, 13Е-1 rusumli kontaktli elektrovozlar kuchlanishi 1500-3000 voltga teng o‘zgarmas tok yordamida ishlaydi. Teplovozlar uchun elektr toki va trolley simlar kerak emas. Shu sababli ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) yuqori 24-26 % ni tashkil qiladi. OPE-1, OPE-2 rusumli tortish agregatlari avtonom elektr energiyasi manbasiga (dizelseksiyasiga) ega bo‘lganligi va har bir vagonmotor bilan ta’minlanganligi sababli kontakt elektr liniyalarsiz ishlaydi. Avtomobil transporti asosan yuk aylanmasi kichik (15-20 mln.t) va tashish masofasi 4-5 km.gacha bo‘lgan karyerlarda qo‘llanadi. Yuk ko‘tarish quvvati katta (75-180 tonna) bo‘lgan avtoag‘dargichlar barpo etilishi natijasida avtomobil transportini yillik yuk aylanmasi 50-60 mln.t. va undan ortiq bo‘lgan karyerlarda xam qo‘llash samarali bo‘lishi ta’minlangan. Hozirgi vaqtda avtomobil transporti temir va rangli metallkaryerlarida keng qo‘llaniladi. Avtomobil transporti qo‘llaniladigan karyerlarda kontakt liniyalari, temir yo‘llar bo‘lmasligi va yo‘llarning qiyaligi katta (80-100%), burilish radiusi kichikligi (15-25м) tufayli kon-kapital ishlar hajmi nisbatan kam, karyerni qurish muddati qisqa xamda arzon bo‘lishi ta’minlanadi. Konveyer transporti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan (bo‘laklar o‘lchami 400мм gacha bo‘lgan) kon jinslarini tashishda qo‘llanadi. Karyerlarda ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligining diopazoni keng (15000 м3/soatgacha) bo‘lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida ham foydalanish imkonini beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 180 gacha qiyalikda amalga oshirilishi konveyer transportining asosiy afzalligidir. Yillik yuk aylanmasi 20-30 mln.t., chuqurligi 150 m dan ko‘p va tashish masofasi 10-20 km bo‘lgan karyerlarda konveyer transportini qo‘llash yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Agar konveyer transporti avtomobil va temir yo‘l transporti bilan birgalikda qo‘llanilsa, uning samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi. Xozirgi vaqtda qoyasimon, bo‘laklarining o‘lchami 1000 mm.gacha bo‘lgan kon jinslarini tashishga mo‘ljallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu konveyerlar lentali konveyer transportini qo‘llanish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratadi. Aralash transport - qazish joyidan qazib olingan kon massasini birin-ketin turli transport vositalariga qayta yuklab tushirish joyigacha tashish jarayonlari tizimidir. Bunda har bir turdagi transport ishlashi qulay bo‘lgan sharoitlarda qo‘llanadi. Masalan, konveyer transporti karyerning eng chuqur joyida, avtotransport yuqoriroqda, temir yo‘l transporti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo‘llanishi texnik-iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yer osti kon transportining sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan transportdan maxsus xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, kon laximlarining kesim yuzasi kichik bo‘lganligi uchun transport qurilmalarini ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi va ikkinchidan zaboy qazish joyining siljishiga qarab u yerda o‘rnatilgan transport qurilmalarini ham surib turish va shu bilan birgalikda zaboyga bevosita yaqin joylashgan lahimda o‘rnatilgan transport vositalari va jihozlarini vaqti-vaqti bilan uzaytirib yoki qisqartirib turish lozim bo‘ladi. Bularning xammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruksiyasiga maxsus talablar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi. Transport mashinalarining asosiy vazifalari: 1) foydali qazilma va boshqa nokerak tog‘jinslarini qazib olinayotgan joydan olib uzluksiz ravishda belgilangan joyga tashish; 2) yuklarni tashishda ish jarayonlarini to‘la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; 3) yuk tashishda eng xarajat qilish; 4) foydali qazilmani tashishda, uning sifati o‘zgarmasligi, chang ko‘tarilmasligi, shovqin va texnik xavfsizlikni ta’minlashi; 5) transport vositasining unumdorligi qazib olinayotgan yukning miqdoriga mos kelishi; 6) transport qurilmasi soddaligi, ishlatishda kam ishchi kuchi talab etishi, oson bo‘laklarga bo‘linib, oson yig‘uvchanligi va h.k.lar. Bundan tashqari bu kursda yordamchi mashinalar, yuk ortgichlar, yukni joylashtirgichlar, yukni bir joyga to‘plovchi bunkerlar, itargich va tortgichlar, yukli vagonchalarni ag‘dargichlar, to‘xtatgichlar va x.k.lar o‘rganiladi. Kon transportining umumiy tavsifi. Kon korxonalarida transport vazifalari kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy zvenolaridan biridir. Transport qurilmalari kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboy (qazish joyi)dan yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo‘ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo‘l vagonlariga yuklash punktigacha, tog‘ jinslarini esa ag‘darmagacha tashish uchun hizmat qiladi. Shu bilan birgalikda kon transporti to‘lg‘azma va yordamchi materiallar hamda jihozlarni kon ustidan shaxtaga tashishni ta’minlaydi. Undan tashqari, kon transporti odamlarni gorizontal va qiya lahimlar bo‘ylab ish joyigacha va smena tugagandan so‘ng stvol atrofi qo‘rasigacha tashishga hizmat qilib, konchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ish vaqtining unumsiz sarfini qisqartiradi. Yuklar tashiladigan lahimlarning uzunligi, odatda, bir necha kilometrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa bir necha o‘n kilometr bilan o‘lchanadi. Shaxtada bir vaqtning o‘zida bitta emas, odatda bir nechta qazish va tayyorlov zaboylari ishlaganligi tufayli, yer osti transporti yo‘llarni ko‘p shoxobchalarga bo‘linib ketishi bilan tavsiflanadi. Ularni murakkablik darajasi konning kon - geologik sharoiti va uni qazish tartibiga bog‘liq. Yo‘llar ko‘pincha o‘zoro ketma - ket almashiladigan gorizontal, qiya, ba’zilarida esa Vertikal uchastkalardan tashkil topishligi transport sxemasini yanada murakkablashiga olib keladi. Misol tariqasida 1–rasmda shaxtada ko‘mirning bir yo‘la uchta qiya qatlami qazib olinishidagi transport kon lahimlarining sxemasi keltirilgan. Lahimlarning nomi rasm osti yozuvlarida berilgan. Rasmda strelkalar bilan yuk oqimining yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    1-rasm. Shaxtada uchta qatlam qazib olinishida transport lahimlari
    sxemasi:

    1. yarus shtreki; 2 va 3 – panel bremsbergi va ukloni; 4 va 5 – uchastka bremsbergi va ukloni; 6 - asosiy shtrek; 7 - kvershlag; 8 - stvol atrofi lahimlari; 9 - vertikal stvol



    Tashilayotgan yuklar – ko‘mir, ma’dan, kaliy tuzi va boshqa foydali qazilmalar – mayda (ba’zilarda - hatto chang) va yirik bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lib, oddiy material hisoblanadi. Ba’zi hollarda bitta kon korxonasining o‘zida foydali qazilmaning 2 - 3 va undan ko‘p turli yiriklikdagi navlari bir-biriga aralashtirilmasdan alohida tashiladi. Yer osti kon transportining sanoatning boshqa sohalaridagi transportdan farqlanadigan maxsus hususiyati shundan iboratki, kon lahimlarining kesim yuzasi kichik bo‘lganligi uchun, transportni ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi. Kon korxonasi me’yorida ishlashi uchun kon transporti aniq, beto‘xtov ishlashi va foydali qazilmani zaboydan o‘z vaqtida to‘liq olib chiqilishini va zaboydagi ishlar to‘xtamasligini ta’minlashi, kon ishlarini jadallashtirish metodlarini, korxonaning rivojlanishi va o‘sishini ta’minlashi zarur. Undan tashqari, kon transportiga uni ishlatish narhi va mehnat hajmi mumkin qadar kam bo‘lishi hamda havfsizligi yuqori darajada bo‘lishi kabi umumiy talablar qo‘yiladi. Kon korxonalarida transportning narhi foydali qazilmani umumiy tannarhining ko‘pgina qismini tashkil qiladi. Shuning uchun transportni ishlatish bo‘yicha xarajatlarni turli yo‘llar bilan kamaytirish korxonaning umumiy harajatlarini va uning mahsuloti tannarhini sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkin. Kon transporti, odatda, anchagina parallel va ketma-ket bo‘g‘inlardan tashkil topgan bo‘lib, shu bilan birgalikda jihozlarining turlari ham har hil bo‘ladi. Shuning uchun kon transportini mexanizatsiyalash faqat har bir bo‘g‘inini alohida mexanizatsiyalashdan iborat bo‘lib qolmay, balki texnik va tashkiliy jihatdan bog‘langan va bir tekisda ishlaydigan majmua tizimini barpo etishdan iboratdir. Bu shu jihatdan ham zarur-ki, ba’zi vaqtlarda transportning alohida bo‘g‘inlari O‘rtasida to‘laqonli tashkiliy bog‘lanish bo‘lmaganligi tufayli, ular foydali qazilmani qazib chiqarishni cheklab qo‘yishi, biri ikkinchisining ishi to‘xtab qolishiga majbur qilishi va bo‘g‘inlar oralig‘ida anchigina ishchilarni qo‘shimcha jalb qilishga olib kelishi mumkin.
    Kon transportini to‘g‘ri va samarali ishlashi hamda takomillashib borishi:
    - transport vositalari turlari va majmuasini konning kon-texnik sharoitlariga qarab va qazish tartibiga mos ravishda belgilash;
    - transport qurilmalarining asosiy parametrlarini hisoblash belgilangan me’yorlarga, Unumdorlik va quvvatning zarur zapaslariga rioya qilish;
    - mashina va mexanizmlarning sifatini oshirish;
    - mashinalarning reja - ogohlantiruv ta’mirini o‘z vaqtida tashkil qilish va ularni kuzatib turish;
    - kon transportini boshqarishni to‘g‘ri Yo‘lga qo‘yish va havfsizlik talablariga rioya qilish yo‘llari orqali ta’minlanadi.
    Kon korxonalarida qo‘llaniladigan barcha transport mashinalari xarakatlanish usuli bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi.
    Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday qurilmalarda ish xarakati uzliksiz bo‘lib, odatda, uzoq vaqt davomida o‘zgarmay qoladi.
    Ikkinchi guruhga uzlukli (siklik) ishlaydigan transport vositalari kiradi. Ularda yuk tashish ma’lum xarakat sikli bo‘yicha davriy ravishda amalga oshiriladi.
    Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ularni ishga tushurgandan keyin ish xarakati avtomatik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, xarakatni boshqarish talab qilinadi. Konveyer va skreper transporti, odatda, «eltish», temir yo‘l transporti - «tashigich», shaxtadan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti - «ko‘tarish» deb ataladi. Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
    - barcha ko‘rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, kovshli va x.k.);
    - uzluksiz simarqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo‘ylab);
    - osma sim - arqon yo‘llari qurilmalari;
    - Pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari;
    - gravitatsion transport, ya’ni yukni yo‘naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar bo‘ylab og‘irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari.
    Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
    - lokomotiv transporti;
    - avtomobil transporti;
    - temir iz bo‘ylab o‘ziyurar tashigichlar va o‘ziyurar vagonchalar;
    - skreper qurilmalari;
    - temir iz bo‘ylab uchli sim – arqon tashigichlar.


    Download 126.34 Kb.
      1   2




    Download 126.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 126.34 Kb.