489
axlatxonaga kiyim-kechak bilan to'la axlat mashinasi ekvivalenti tushishini anglatadi. Agar ushbu
tendensiya davom etsa, o'n yillik oxiriga kelib tez moda chiqindilari soni yiliga 134 million
tonnagacha ko'tarilishi kutilmoqda.
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda har yili 92 million tonna to'qimachilik
chiqindilari
ishlab chiqariladi. Xitoy (20 million tonna) va AQSh (17 million tonna) dunyo miqyosida eng ko'p
to’qimachilik chiqindilarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda kiyim-kechak va to'qimachilik chiqindi va chiqitlari global poligondagi
chiqindilarning umumiy miqdorining kamida 7% ni tashkil qiladi.
Har yili dunyo bo'ylab 80 dan 100 milliardgacha yangi kiyim-kechak ishlab chiqariladi.
Kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va tolalarning 87 foizi
yondirish pechlarida yoki poligonlarda yo’q qilinadi, bu esa kishi boshiga yillik 270 kg CO
2
ajratilishini anglatadi.
Chiqarilgan to'qimachilik mahsulotlarining atigi 20% qayta ishlash uchun to’planadi.
Kiyimlarning faqat 1% yangi kiyimga qayta ishlanadi.
Ushbu faktlar to’qimachilik sanoatining ishlab chiqarish jarayoniga yangicha yondashuvlarni
tezlik bilan ishlab chiqish va joriy etishni taqozo etadi. To’qimachilik sanoatidagi chiqindilar hajmini
kamaytirish, ulardan qayta foydalanishni yo’lga qo’yish,
shuningdek, to’qimachilik chiqitlarini
boshqa sanoat tarmoqlarida qo’llash imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida quyidagi Barqaror
Amaliyotlar Strategiyasi shakllantirildi.